Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida sel tufayli yo‘lning bir qismi yopildi
Avtomobillar harakati vaqtincha bir tasma orqali tashkil qilindi.
Foto: Videodan kadr
7 iyun kuni Qamchiq dovoni hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 137,7 kilometrda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tog‘ yonbag‘ridan ma’lum miqdorda sel, toshqin suvlari avtomobil yo‘liga oqib tushgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisa oqibatida yo‘lning bir qismi yopilgan, «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari va boshqa hamkor tashkilotlar hodisa joyida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Ta’kidlanishicha, tirbandlikning oldini olish maqsadida Toshkent-Vodiy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lning bir tasmasi yopilgan. Avtomobillar boshqa tasmasi orqali harakat qilmoqda.
FVV holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
15:10 / 11.12.2025
Qamchiqda 16 yoshli qiz osma dor yo‘lidan qulab tushdi
09:30 / 10.12.2025
Qamchiq dovonida qutqaruvchilar noqulay ob-havo sharoitida haydovchi va yo‘lovchilarga yordam bermoqda
07:57 / 10.12.2025
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
11:44 / 09.12.2025