Unda 2025 yilning 23-25 iyun kunlari Samarqand şahrida BMTning Davlat xizmati forumi ötkazilişi ma’lum qilingan. Uşbu nufuzli xalqaro tadbirning asosiy mavzusi — "2030 yilgaça beş yil: Barqaror kelajak uçun davlat xizmatlarini körsatişni jadallaştiriş". Forum BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti va Özbekiston hukumati tomonidan taşkil etilmoqda.
Naşrda Özbekistonda 2017 yilda boşlangan tub islohotlar Özbekiston davlat xizmati tizimida ham ijobiy özgarişlarga yöl oçgani qayd etilgan. "Özbekiston prezidentining taşabbusi bilan davlat fuqarolik hukumati transformatsiya qilindi. "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilişi kerak", degan hayotiy tamoyilidan kelib çiqib, Özbekiston prezidentining virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi taşkil etildi va davlat xizmatçilari faoliyati samaradorligini baholaş tizimi joriy etildi", deyiladi materialda.
Vengriya OAV, şuningdek, Özbekistonda yuqori rahbarlik lavozimlariga zaxira tayyorlaş amaliyoti qöllana boşlanganiga e’tibor qaratgan. Natijada, davlat va jamiyat örtasidagi munosabatlar yanada demokratlaşdi, deb ta’kidlangan.
Maqola: "Uşbu forum Özbekistonda ilk bor taşkil etiladi va bu mamlakat uçun muhim ahamiyatga ega. Forumning Özbekistonda ötkazilişi — BMTning Özbekiston bilan davlat xizmati sohasida şakllanayotgan mustahkam hamkorligining amaldagi namunasidir", – degan sözlar bilan yakunlangan.









