Unda, dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan O.H. fuqaro M.A.ga 10 dona “Zardeks” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini 750 ming sömga sotgan vaqtida uşlanib, undan 88 dona dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, davom etgan tadbirda fuqaro fuqaro O.H.ga dori vositalarini yetkazib beruvçi şaxslar J.N. 55 dona, I.I. 500 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini jami 20,5 mln sömga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Uzun tumani bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan Q.E. va boşqalar fuqaro X.B.ga jami 26 dona “Zardeks” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini 2,5 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









