Tadbirda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Şohrux Daliyev, Xitoyning Şensi provinsiyasi Kompartiyasi viloyat qömitasi kotibining örinbosari, gubernator Jao Gang va Çangan universiteti partiya qömitasi kotibi Çen Jijian boşçiligidagi delegatsiya hamda universitet rahbariyati iştirok etdi.

Özbekiston-Xitoy transport fakulteti rasman oçib berilib, bu Özbekiston va Xitoy örtasidagi strategik hamkorlikning ta’lim hamda transport sohalarida yangi bosqiçga kötarilayotganidan dalolat ekani qayd etildi.
Mazkur taşabbus ikki mamlakat yoşlari uçun zamonaviy bilim va tajriba almaşinuvini ta’minlaş barobarida, kelajakdagi yirik loyihalar uçun raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaşga xizmat qiladi.

Söng tomonlar Toşkent davlat transport universiteti va Çangan universiteti örtasida hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzoladi. Uşbu hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş yölidagi muhim qadam böldi.









