Yevropa Ittifoqi rahbariyati va BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk 6 iyun, juma kuni AQŞni Xalqaro jinoiy sud (XJC) Apellyatsiya palatasining tört nafar sudyasiga qarşi sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdi, ulardan ikki nafari Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoavni hibsga oliş uçun order beriş masalasini körib çiqmoqda.

«Yevropa komissiyasi Xalqaro jinoiy sud va uning mansabdor şaxslarini töliq qöllab-quvvatlaydi. XJC dunyodagi eng oğir jinoyatlar uçun mas’ul bölganlarni javobgarlikka tortadi va jabrlanuvçilarga ovoz beradi. U bosimsiz harakat qila olişi kerak», dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmoğida. «Biz har doim global adolat va xalqaro huquqni hurmat qiliş tarafdori bölamiz».

Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas ham sudyalarni himoya qilib çiqdi. «XJS eng oğir jinoyatlar oldida adolatni ta’minlaydi. U bosimdan xoli va öz tamoyillariga sodiq qolişi kerak. Biz uning faoliyatini doimo qöllab-quvvatlaymiz va mustaqilligini himoya qilamiz», — dedi u.