Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9-11 iyun kunlari rasmiy taşrif bilan Özbekistonda böladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakçilarining muzokaralari, rasmiy va işbilarmonlik tadbirlari ötkazilişi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanişi rejalaştirilgan.
Özbekiston va Bolgariya prezidentlari özaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantiriş, şu jumladan, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmoği, konçilik, raqamlaştiriş sohalarida kooperatsiyani yölga qöyiş, turizm va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş masalalarini körib çiqadi.
Bolgariya prezidenti Rumen Radev IV Toşkent xalqaro investitsiya forumida ham iştirok etadi.
Avvalroq Slovakiya boş vaziri Robert Fitso 8–10 iyun kunlari rasmiy taşrif bilan Özbekistonda bölişi töğrisida xabar berilgandi.









