Özbekiston Boş konsulxonasi xodimlari yoz mavsumida taşkil etiladigan Work and Travel dasturi asosida Germaniyaga kelgan va qiyin moliyaviy ahvolda qolgan Qoraqalpoq davlat universiteti talabalariga amaliy yordam körsatdi.
Qayd etilişiça, taşkiliy masalalarda yöl qöyilgan ba’zi kamçiliklar sababli safarning birinçi kunidan rejalaştirilgan manzil va iş joyiga yetib bora olmagan hamda yotoqsiz qolgan 14 nafar talaba diplomatlar va Frankfurt-Mayn şahridagi faol vatandoşlar kömagida Boş konsulxonaga olib kelingan.
Germaniyaga kelgan mazkur talabalar bilan muammolarning yuzaga keliş sabablari, mahalliy iş beruvçi tomonidan mehnat şartnomasining bajariliş holatlari böyiça suhbat ötkazilgan. Ularga Germaniyada böliş qoidalari tuşuntirilgan, öz xavfsizliklarini ta’minlaş, şaxsiy mulk va hujjatlarini ehtiyot qilişlari yuzasidan tegişli çoralar körişlari lozimligi aytib ötilgan.
Moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan talabalarga tezkorlik bilan yordam körsatiş maqsadida Özbekiston Migratsiya agentligi bilan har bir talaba belgilangan me’yorda kunlik xarajatlar uçun zarur mablağ bilan ta’minlangan va mehmonxonada yaşaş xarajatlarini qoplaş beriş yuzasidan agentlik bilan kelişib olingan.
Şuningdek, talabalarga Frankfurt-Mayn şahridan vaqtinça yaşab turişlari uçun mehmonxonadan joy olişda amaliy yordam körsatilgan.
«Hamyurtlarimizni vaqtinça iş bilan ta’minlaşda vositaçilik qilgan Germaniyaning Nova Agency kompaniyasi mas’ul xodimlari bilan keçgan muloqotda yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi. Boş konsulxona diplomatlari talabalarning şartnoma böyiça belgilangan iş joyiga yetib borişi va mehnat faoliyatini boşlaşlari böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.







