Tennessi ştatida bortida 20 kişi bölgan samolyot falokatga uçradi. Tallahoma şahri rasmiylarining ma’lum qilişiça, avariya havo kemasi mahalliy aerodromdan kötarilganidan köp ötmay sodir bölgan.

Qayd etilişiça, samolyot bortida bölgan barça tirik qolgan, tört nafar jabrlanuvçi vertolyotlarda şifoxonaga yetkazilgan.

AQŞ Fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi ma’lumotlariga köra, gap ikki motorli De Havilland Canada DHC-6 Twin Otter samolyoti haqida ketmoqda. Mahalliy OAVning yozişiça, havo kemasidan paraşyut bilan sakraş böyiça maşğulotlarda foydalanilgan.

Internetda tarqalgan kadrlardan köriş mumkinki, samolyot dum qismiga şikast yetgan va qanoti uzilgan holda ötloq ustida yotibdi. Şahar ma’muriyati vakili Layl Rasselning ta’kidlaşiça, falokat oqibatida aeroport binosi va boşqa inşootlarga şikast yetmagan.

Avariyaga nima sabab bölgani hozirça noma’lum. AQŞ Fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi va Transportda xavfsizlik böyiça milliy kengaş öz tergovlarini boşlagan.