Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Ruslan Yaxşiliqovni respublika mudofaa vaziri lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Qozoğiston davlati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoni bilan bu lavozimga Dauren Kosanov tayinlandi.

59 yoşli Yaxşiliqov 2022 yilning yanvaridan buyon Mudofaa vazirligi rahbari lavozimida işlab kelayotgandi.
55 yoşli Kosanov bu tayinlovgaça Qozoğiston mudofaa vaziri örinbosari va Havo hujumidan mudofaa kuçlari boş qömondoni bölgan.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev yangi mudofaa vaziri Dauren Kosanovni qabul qilib, unga bir qator topşiriqlar berdi, deb xabar qildi Oqörda matbuot xizmati.
«Prezident – Qozoğiston Respublikasi Qurolli kuçlari oliy boş qömondoni Qosim-Jömart Töqayev mudofaa vaziri Dauren Kosanovni qabul qildi. Uçraşuvda davlat rahbari armiyaning jangovar tayyorgarligini kuçaytiriş, raqamli yeçimlarni nazorat qiliş tizimiga joriy etiş, maxsus qöşinlarning ijtimoiy harakat salohiyati va imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, harbiy infratuzilmani modernizatsiya qiliş böyiça qator aniq topşiriqlar berdi», — deyiladi xabarda.









