Bugun yer yuzidagi 2 milliarddan ortiq odam toza içimlik suviga doimiy yetib borolmaydi. Afrika, Yaqin Şarq va Osiyoning ba’zi mintaqalarida odamlar har kuni suv uçun kilometrlab yöl bosişga majbur.

Özbekistonda hozirça içimlik suvi barça uçun mavjud – 24/7 rejimda xonadonimizga suv keladi. Ammo buning uçun tölovlarni öz vaqtida qiliş va suvdan tejamkorlik bilan foydalaniş talab qilinadi. Çunki bu ne’matdan oqilona foydalanmasak, u ham yaqin orada yetişmasligi mumkin

BMT 2025 yilga borib dunyo aholisining yarmidan köpi suv tanqisligiga duç kelişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ilmiy tadqiqotlar esa toza içimlik suvi — kelajakda eng qimmat va strategik resurslardan biriga aylanişini ta’kidlamoqda.

Toşkent şahar suv ta’minoti AJ bergan ma’lumotlarga köra, sönggi vaqtlarda korxona hamda aholi örtasida içimlik va oqova suv xizmati uçun tölovlar böyiça turli kelişmovçiliklar yuzaga kelmoqda. Ayrim xonadon yoki taşkilotlardan debitor qarzdorlikni undiriş maqsadida mahalliy reyd tadbirlari ötkazilayotgan bölsa-da, bu jarayonda ta’minotçi xodimlarga nisbatan turli qarşiliklar körsatilmoqda. Jumladan, inspektorlarni quvib yuboriş, haqorat qiliş yoki tölovdan böyin tovlaş maqsadida nayranglarga qöl uriş holatlari bot-bot qayd etilyapti.

Aslida amaldagi me’yorlarga köra, hududiy inspektorlar iste’molçilardan naqd pul qabul qilmaydi. Barça tölovlar rasmiy kanallar — kassa bölimlari, mobil ilovalar yoki onlayn tölov tizimlari orqali amalga oşirilişi lozim.

Bugungi kunda içimlik suvi uçun tölovni amalga oşirişda uydan çiqiş şart emas. “Click”, “Payme”, “Paynet” kabi ilovalar orqali tölov qiliş juda sodda va qulay. Biroq şunga qaramay, içgan suvi uçun haq tölaşni unutgan, mas’uliyatni çetga surib qöygan iste’molçilar soni kamaymayapti.

Reyd tadbirlari davomida qarzi yuqori bölgan ba’zi iste’molçilarning suv quvurlari markaziy tarmoqdan uzilayotgani qayd etildi. Şu bilan birga, quvur qayta ulanganda, iste’molçidan bazaviy hisoblaş miqdorining ikki barobarida jarima undiriladi.

Unutmang, har bir iste’molçi har oyning 10-sanasigaça tölovni oldindan amalga oşirişi lozim. Ammo amalda köp hollarda tölov faqat oğzaki eslatmalar, murojaatlar va hatto tazyiqlardan söng amalga oşirilayotgani ma’lum böldi.

Içimlik va oqova suv xizmati uçun öz vaqtida tölov qiliş bu —tizim barqarorligini ta’minlab, xizmatlar sifatini yaxşilaşga yöl oçadi.