AQŞ prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Mask agar Demokratik partiyani moliyaviy qöllab-quvvatlaşga qaror qilsa, «jiddiy oqibatlar» bilan tahdid qildi.

Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi va yaqinda yuz bergan ommaviy mojarodan keyin SpaceX va Tesla rahbari bilan munosabatlarni yaxşilaş niyatida emasligini ta’kidladi.

Tramp qanday çoralar körişga tayyorligini aniqlaştirmadi, biroq, avvalroq Mask kompaniyalari uçun milliard dollarlik davlat şartnomalarini bekor etiş imkoniyatiga şama qilgan edi. Bundan taşqari, uning ittifoqçisi Stiv Bennon tadbirkorni immigratsiya tergoviga tortişga çaqirdi va hatto uning biznesini nazorat etiş uçun «Mudofaa maqsadida işlab çiqariş» qonunidan foydalanişni taklif qildi.

Avvalroq, Mask Trampni moliyaçi Jyeffri Epşteyn bilan munosabatlarini yaşirişda aybladi, prezidentga impiçment qöllaşni yoqlab çiqdi, ammo keyinçalik bu postlarini öçirib taşladi. Epşteyn voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilişda ayblangan va qamoqda sirli ravişda vafot etgan edi.

Tramp bu ayblovga vazminlik bilan javob berdi va «eski yangilik» deb atadi. Şuningdek, bunga «heç qanday aloqasi yöqligini» aytdi.

Keyinçalik Mask yangi «Amerika partiyasi»ni taşkil etiş ğoyasini ilgari surdi.

Ayni paytda har ikki tomon ham yaraşiş istagini körsatmadi.