Rossiya va Ukraina örtasida Istanbulda bölib ötgan muzokaralardan söng repatriatsiya tadbirlarining boşlanişi şu hafta, 9—15 iyun kunlariga möljallangan. Bu haqda 8 iyun, yakşanba kuni Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştabi Telegramʼda ma’lum qildi.

«Istanbuldagi muzokaralar yakunlari böyiça repatriatsiya tadbirlarini şu hafta boşlaş rejalaştirilgan, bu haqda vakolatli şaxslar seşanba kuni (3 iyun) xabardor qilingan. Duşmanning axborot öyiniga qaramay, hammasi reja böyiça ketmoqda», — deyiladi Muvofiqlaştiriş ştabining Telegramʼdagi postida.

Istanbuldagi kelişuvlarga köra, Rossiyaning olti ming halok bölgan ukrainalik harbiylarning jasadini topşirişi jarayoni yaqin kunlarda boşlanadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

«Rossiya tomoni Ukraina tomonida halok bölgan 6 ming askarning jasadini Ukrainaga topşiradi», — deya diplomatning sözlaridan iqtibos keltirgan Rossiya davlat matbuoti. Rasmiy vakil bu Moskva tomonidan xayrixohlik işorasi ekanini ta’kidladi. Şuningdek, u topşiriş yaqin kunlarda boşlanişini ta’kidladi.

Diplomat, şuningdek, Rossiyaning marhumlarning jasadlarini qidiriş va yiğiş maqsadida frontning bir qança hududlarida öt oçişni töxtatiş taklifini eslatdi.