Xitoyda Alibaba va Tencent kompaniyalarining maşhur sun’iy intellekt (SI) ilovalari universitetga kiriş imtihonlari davri «Gaokao» vaqtida tasvirni aniqlaş funksiyasini vaqtinça öçirib qöydi. Bu imtihonlar paytida firib işlatişning oldini oliş va testning adolatli ötişini ta’minlaş uçun amalga oşirildi.
Mamlakat böylab bir neça kun davom etadigan imtihonlar paytida Qwen, Yuanbao va Kimi kabi ilovalar fotosuratlarni qayta işlaş imkoniyatini çekladi. Imtihon vaqtida funksiyadan foydalanişga urinayotganda, çatbotlar xizmat vaqtinçalik işlamayotgani haqida xabar beradi.
«Gaokao» xitoylik maktab bitiruvçilari uçun eng muhim imtihon bölib, ularning kelajagi asosan uşbu test natijalariga boğliqdir. Unda 13,4 millionga yaqin öquvçi iştirok etadi va köpçilik uçun bu universitetga kirişning yagona imkoniyatidir, ayniqsa kiçik şaharlar va kam ta’minlangan oila farzandlari uçun.
Mamlakatda AQŞdagi kabi yillik baholar, inşolar va standartlaştirilgan testlarni hisobga oladigan qabul tizimi mavjud emas. Şuning uçun bu imtihon katta ahamiyatga ega va firib işlatişning oldini oliş uçun qat’iy nazorat qilinadi.











