Urganç tumani IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş guruhi pasportçisi M.A. uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U fuqarolarga soxta ID karta va xorijga çiqiş pasporti tayyorlab beriş bilan şuğullanib kelgan.

Kun.uz örgangan sud hukmida keltirilişiça, M.A. moddiy daromad orttiriş maqsadida R.X., A.A., M.R. va boşqalar bilan bir guruhga birlaşib, jinoiy reja tuzgan. Unga köra, guruh a’zolari Rossiyadan deportatsiya qilingan va uşbu davlatga qaytib ketiş maqsadida yurgan fuqarolarni topib, pul evaziga ularga şaxsiy ma’lumotlarini özgartirgan holda ID karta va xorijga çiqiş pasporti tayyorlab bergan. Bu işni “pasporstol” xodimi M.A. IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasining “Manzil” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşirgan.

Jumladan, M.A. 1988 yil 25 iyul kuni tuğilgan fuqaro U.X.ga pul evaziga ismi, familiyasi, otasining ismi, tuğilgan yili va sanasi hamda şaxsiy identifikatsion raqamini özgartirgan holda ID karta, xorijga çiqiş pasporti rasmiylaştirgan. U ayni şu yöl bilan 20 nafardan ortiq fuqaroga soxta ma’lumotlar kiritilgan hujjatlar tayyorlab bergan. Buning uçun 3 mln sömdan 1 500 AQŞ dollarigaça “xizmat haqi” olgan.

M.A. hatto Samarqand, Farğona viloyatida yaşovçi, Rossiyadan deportatsiya bölgan şaxslarga ham Urganç tumanida röyxatga olingani haqida soxta ma’lumotlar kiritib, şaxsiy ma’lumotlarini özgartirgan holda pasport rasmiylaştirib bergan. “Pasporstol” xodimi özining bu jinoiy harakatlarini foş qilmaslik va javobgarlikdan qutuliş maqsadida fuqarolarga tegişli bölgan haqiqiy pasportlarni yirtib, yoqib yuborgan.

M.A. sud hukmi bilan tuhmat, mansab soxtakorligi, pora oliş kabi jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 3 yil içki işlar organlari tizimida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Guruhning boşqa a’zolari ham turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan.