Fransiya hukumati Isroildan insonparvarlik yordami bilan Ğazoga yöl olgan Madleen kemasi bortida qölga olingan olti nafar Fransiya fuqarosini imkon qadar tezroq qaytarişni söradi. Bu haqda Fransiya Taşqi işlar vazirligi va Yelisey saroyi bayonotlarida aytilgan.

Taşqi işlar vazirligi bayonotida Parij Isroil hukumati bilan «har qanday hodisalarning oldini oliş uçun» aloqada ekanligi ta’kidlangan va öz fuqarolari uçun konsullik himoyasini talab qilgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, öz navbatida, Yelisey saroyi ma’muriyati orqali Isroilni Ğazo qirğoqlari yaqinida yaxtada bölgan fransuzlarning qaytişiga «zudlik bilan» ruxsat berişga çaqirdi.

Şu bilan birga, rasmiylar missiyadagi fransuz iştirokçilar Parijning uşbu sayohatda iştirok etişlarini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgani haqida oldindan ogohlantirilganini eslatdi.

Avvalroq Isroil harbiy-dengiz kuçlari bortida gumanitar yordam va faollar, jumladan, şvetsiyalik faol Greta Tunberg bilan Ğazo sektoriga ketayotgan "Madlin" (Madleen) kemasini qölga oldi. Harbiylar kuzatuvi ostida kema Isroil qirğoqlariga yönaltirildi, uning yölovçilariga zarar yetmadi.

"Madlin" yölovçilari öz vataniga qaytadi, bortda bölgan gumanitar yordam esa «haqiqiy gumanitar kanallar» orqali Ğazo sektoriga yuboriladi. Şu bilan birga, Isroil vakillari dengiz blokadasini buzişga uringan kemaning özi bilan nima sodir bölişini aniqlaştirmadi.