Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkinligi belgilandi.
Şuningdek, şaxsning öz aybini tan olganligi unga qarşi yagona dalil bölsa, u aybdor deb topilişi yoki jazoga tortilişi mumkin emasligi közda tutildi.
“Sudlar töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, sudyalarning muayyan işlar böyiça hisobdor bölmasligi belgilandi.
Şuningdek, sudyani muayyan işning muhokamasidan çetlaştirişga yoki uning vakolatlarini töxtatib turişga, boşqa lavozimga ötkazişga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga köra yöl qöyilişi körsatildi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.









