Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Ğazoda falastinliklar yana öqqa tutildi: bu safar öz hududlaridagi yordam markazi yaqinida

Duşanba kuni Ğazoda tinç aholi Isroil va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Ğazo Humanitar Jamğarmasi (GHF) tomonidan boşqariladigan yordam tarqatiş markaziga ketayotgan vaqtda yana öqqa tutilgani aytilmoqda.

BBC naşrining guvohlarga tayanib yozişiça, Rafahning janubiy qismida joylaşgan markaz yaqinida birinçi marta qurollangan şaxslar öq uzgan. Hamas boşqaruvidagi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi xabar berişiça, uşbu hududlarda olti kişi halok bölgan, yana 99 kişi jarohatlangan.

Isroil armiyasi uşbu holat yuzasidan tekşiruv olib borilayotganini bildirdi. GHF bayonotida yuqoridagi markaz duşanba kuni oçilmagani va yordam tarqatilgan boşqa ikki markazda heç qanday hodisa yuz bermagani aytilgan.

Bu voqea Isroil boş vazirining Ğazoda Hamasga qarşi bölgan falastinliklarni qurollantirayotganini tan olganidan bir neça kun ötib yuz berdi. Oldingi hodisalarda guvohlar Isroil harbiylari odamlar töplangan joyga öq uzganini aytişgan. Isroil armiyasi esa bu da’volarni rad etib, faqat ogohlantirişlarga e’tibor bermagan «gumonlanuvçilarga» qarata öq uzilganini bildirgan.

Duşanba kuni sodir bölgan holatda esa voqea joyidagi odamlar bu safar falastinlik qurollangan kişilar ham ularga öq uzganini aytişdi. Guvohlar ularning bu jangarilar bilan Isroil harbiy kuçlariga yaqin joyda harakatlanayotgani, söngra Isroil harbiy zonasiga çekinişganini kuzatgan.

BBC Arabic'ning Yaqin Şarqdagi kundalik dasturiga bergan intervyusida guvoh Hişam Said şunday degan:

«Yordam oliş uçun hududga borganimizda, fuqaro kiyimidagi, yuzlari butunlay yopilgan yigitlar guruhini kördik. Dastlab, ularni yordam tarqatişda kömaklaşayotgan falastinlik yoşlar deb öyladik, ammo ular tösatdan bizga qarata öq uzişni boşlaşdi. Yordam qutisini olib ulgurganlar ham nişonga olindi. Hozirgaça kim hujum qilganini bilmaymiz. Ular bizdan hamma narsani tortib olişdi — hatto ba’zilar olomon orasida öğrilik qilişdi».

Isroil Mudofaa Kuçlari uşbu hodisa böyiça tekşiruv olib borayotganini tasdiqladi.