Los-Anjyelesda hibsga olingan noqonuniy muhojirlarni qöllab-quvvatlovçi ommaviy namoyişlar ketma-ket uçinçi kun davom etmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp vaziyat «yomonlaşganini» e’lon qilib, şaharga harbiy qismlarni joylaştirişni buyurdi.

Töqnaşuvlar kuçayib borar ekan, Milliy gvardiya yuborilganiga qaramay, Tramp özining Truth Social sahifasida keskin bayonot berib, Los-Anjyeles politsiyasi boşliği Jim Makdonnel uni namoyişçilarning «zöravonliklari kuçaygani» haqida xabardor qilganini aytdi.

«Los-Anjyelesdagi vaziyat juda yomon. Qöşinlarni yuboring», deb yozgan Tramp. U namoyişçilarni «banditlar» deb atadi va şunday ta’kidladi: «Bu banditlar bundan qutulib qolişiga yöl qöymang. Amerikani yana buyuk qilamiz». Prezident, şuningdek, niqob kiygan barça namoyişçilarni zudlik bilan hibsga olişni buyurdi.

Namoyişlar boşlanganidan beri şaharda namoyişçilar va politsiya örtasidagi töqnaşuvlar davom etmoqda. Prezidentning körsatmasi böyiça 300 nafarga yaqin Milliy gvardiya qöşinlari harbiylari allaqaçon Los-Anjyelesga jönatilgan, biroq voqea joyidan olingan xabarlarga köra, şaharning ayrim hududlarida norozilik faolligi kuçaymoqda.

Los-Anjyeles markazidagi önlab muhojirlar hibsga olingan Metropolitan hibsxonasi mojaroning öziga xos markaziga aylandi. Hududda töqnaşuvlar davom etmoqda, xavfsizlik kuçlari közdan yoş oqizuvçi gaz va plastik öqlardan foydalanmoqda.