Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yerosti boyliklarimiz 3 trillion dollarga baholanmoqda” - Shavkat Mirziyoyev
Toshkent investitsiya forumida so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti xalqaro investorlarni mamlakatdagi mineral resurslarga investitsiya kiritishga chaqirdi. Bu sohada geologiya-qidiruv ishlaridan boshlab, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan zanjirni yo‘lga qo‘ygan investorlarga 10 yil davomida renta solig‘i qaytarib beriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Davlat rahbari o‘z so‘zida forum ishtirokchilari e’tiborini O‘zbekistondagi mineral resurslar zaxirasiga qaratdi.
“To‘rtinchi sanoat inqilobi texnologik minerallarga talabni bir necha karra ko‘paytirmoqda. O‘zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vannadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxiralari aniqlangan. Umuman, yerosti boyliklarimizning salohiyati 3 trillion dollarga baholanmoqda.
Mintaqamizning minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish habiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Bu borada Toshkent va Samarqand viloyatlarida kelajak metallari texnoparkini bunyod etmoqdamiz.
Shu o‘rinda bir tashabbusni ilgari surmoqchiman. Bu, albatta, kompaniyalarga, bugun kelgan mehmonlarimizga juda qiziqarli bo‘ladi. Bu sohada geologiya-qidiruv ishlaridan boshlab, tayyor mahsulot zanjirini yo‘lga qo‘ygan investorlarga 10 yil davomida renta solig‘i qaytarib beriladi. Ishonchim komil, sizlar bilan uzoq muddatli samarali aloqalarimiz aytib o‘tilgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli biznes hamkorlikka aylanadi”, – dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
12:24 / 16.12.2025
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
15:20 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar: TOP-10 davlat ro‘yxati
12:08 / 10.12.2025
Tashish va saqlash sohasiga investitsiya oqimi barqaror o‘smoqda
09:59 / 04.12.2025