Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi
Jizzax viloyati FVB maxsus muhandislik texnikalari yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilganini ma’lum qildi.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Zomin tumanida kuzatilgan sel holati bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 10 iyun kuni Zomin tumanining ayrim hududlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida soylardan (sel yo‘llari) yomg‘ir suvlarining to‘planib oqishi kuzatilgan.
Sel suvlari kelishi oqibatida «Duoba» MFY O‘riklik qishlog‘i hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining bir qismi qum-tosh massalari bilan yopilib qolgan.
Maxsus muhandislik texnikalari yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilib, ayni paytda avtomobillar harakati tiklangan.
Jizzax viloyati FVB barcha fuqarolardan tog‘ va tog‘oldi hududlarda harakatlanganda yoki dam olish uchun borilganda barcha xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni ham Zomin tumanining ayrim hududlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
08:25 / 19.06.2026
Zomin va Baxmalda sel kuzatildi, 3 ta avtomobil oqib ketdi
10:45 / 12.06.2026