10 iyun kuni Argentina Oliy sudi mamlakatni 2007-2015 yillarda boşqargan Kristina Kirşnerni korrupsiyada aybdor deb topdi. U 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va unga davlat lavozimlarida işlaş umrbod taqiqlandi. Endi u saylovlarda qatnaşa olmaydi.
Hozir ozodlikda bölgan Kristina Kirşner sudga borişi va 18 iyunga qadar hibsga olinişi kerak. Uning advokatlari 6 yillik qamoq jazosini Buenos-Ayresdagi uyida ötaşini talab qilmoqda. 70 yoşdan oşgan barça mahkumlar bunday huquqqa ega. Kristina Kirşner hozir 72 yoşda.
Kirşner aybdor deb topilgan «Avtomobil yöli işi» 2008 yilda bir neça muxolifat deputatining şikoyati bilan boşlangan. Birinçi sud majlisi 2019 yilda bölib ötdi, Kristina Kirşner va yana 13 kişi 2003 yildan 2015 yilgaça Argentina janubidagi Santa-Kruz provinsiyasida yöllar quriş orqali noqonuniy ravişda boyib ketganlikda ayblandi.
Tergov ma’lumotlariga köra, 2003 yildan 2015 yilgaça Santa-Kruz provinsiyasida davlat tomonidan moliyalaştiriladigan yöl qurilişi böyiça tenderlarning 80 foizini Austral Construcciones kompaniyasi yutib olgan. U 50 dan ortiq loyihalarni öz zimmasiga oldi, ularning yarmi boşlandi va çala taşlab ketildi. Quriliş viloyat budjeti hisobidan töliq moliyalaştirilgan, biroq nazorat qiluvçi organlar köpinça işning yarmi ham tugallanmaganiga e’tibor bermagan. Austral Construcciones kompaniyasini Kirşner oilasi dösti, biznesmen Lazaro Baes boşqargan.
Sud davomida Kristina Kirşner «Avtomobil yöli işi» siyosiy ekanini ta’kidladi.
Oliy sud öz hukmini milliy parlamentga saylov kampaniyasi örtasida çiqardi. Ovoz beriş 2025 yil oktabr oyiga rejalaştirilgan. Endi Kristina Kirşner özi rejalaştirganidek, deputatlikka nomzodini qöya olmaydi. Oliy sud hukmi e’lon qilingandan söng, Kristina Kirşnerning minglab tarafdorlari Argentinaning turli şaharlari köçalariga çiqdi.
Argentinaning amaldagi prezidenti, libertar Xaviyer Miley ayni damda Isroilda bölib turibdi. U Buenos-Ayresdan kelgan xabarni olqişladi va adolat qaror topganini ta’kidladi.









