Qöşma Ştatlar Ukrainaga yangi qurol sotib oliş uçun budjetni qisqartirişni rejalaştirmoqda, dedi AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset Vakillar palatasidagi çiqişida.

Ukrainaga yordam körsatiş uçun rejalaştirilgan xarajatlar haqida söralganda, Pentagon rahbari uşbu taşabbus «budjeti qisqartirilişini» aytdi. Uning ta’kidlaşiça, hozirgi AQŞ prezidenti ma’muriyati Rossiya-Ukraina uruşiga «butunlay boşqaça qaraşga ega».

«Biz tinçlik yöli bilan kelişuv har ikki tomon manfaati va mamlakatimiz manfaatlariga javob beradi, deb hisoblaymiz, ayniqsa, dunyodagi barça qarama-qarşiliklarni hisobga olgan holda», deb qöşimça qildi Hegset.

Qöşma Ştatlar Ukrainaning asosiy ittifoqçisi hisoblanadi, jumladan harbiy yordam böyiça. Şu bilan birga, AQŞ yangi ma’muriyati prezident Donald Tramp prezidentlikka kelganidan beri Ukrainaga harbiy yordam bermagan. Vaşington Kiyevga qurol-yaroğni faqat Trampning ötmişdoşi Jo Bayden kelişib olgan ta’minot doirasida yubormoqda.

The Wall Street Journal gazetasining xabar berişiça, AQŞ prezidenti ma’muriyati Ukraina uçun möljallangan raketa komponentlarini Yaqin Şarqdagi qöşinlariga yönaltirişga qaror qilgan. Keyinroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu ma’lumotni tasdiqladi.