Şvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg, Yevroparlament deputati Rima Hassan va boşqalardan iborat köngillilar jamoasi qamal ostidagi falastinliklarga insonparvarlik yordami yetkaziş uçun Sitsiliyadan Ğazoga qarab kemada yölga çiqdi, lekin kutilganidek, ularni Isroil armiyasi qölga oldi. Taşabbuskor «Ozodlik flotiliyasi» koalitsiyasi yaxta xalqaro suvlarda hujumga uçragani haqida bayonot berdi.

Şvetsiyalik ekofaol Greta Tunbergni eslasangiz kerak. 2018 yil Şvetsiya hukumat binosi oldida ekonamoyişga çiqib maşhurlikka erişganida u hali maktab öquvçisi edi. Hozir uni Tvitterda 5 milliondan ortiq odam öqiydi, postlari 100 millionlab marta köriladi. 2019 yil Times jurnali uni “Yil odami” deb e’lon qilgandi.

Bir neça kun avval ana şu qizaloq Isroil uçinçi yilki qamal qilib bombalayotgan Ğazo bölğasiga dengiz orqali gumanitar yordam olib boriş uçun kemada yölga çiqqandi. Lekin Isroil armiyasi kemani töxtatib, Gretani qölga oldi.

Sitsiliyadan Ğazoga

1 iyun kuni «Ozodlik flotiliyasi» koalitsiyasi «Madlin» yaxtasini Sitsiliyadagi Kataniya portida gumanitar yordam mahsulotlari bilan töldirib yölga çiqardi. Kemada ekofaol Greta Tunberg, Yevroparlament deputati Rima Hassan va Falastin ozodligini qöllovçi bir neça faollar bor edi. OAV kemadagilar içida braziliyalik faol Tyago Avila ham borligiga e’tibor qaratgan. U fevral oyida «Hizbulloh» lideri Hasan Nasrullohning janozasida qatnaşib, uni maqtagani bilan tanilgan.

Koalitsiya may oyida ham Ğazoga dengiz orqali insonparvarlik yordami yuborişga intilgan, lekin Malta sohillariga yetib borganida kemada yonğin çiqqandi. Şu örinda «Ozodlik flotiliyasi» harakati Ğazo bölğasiga gumanitar yordam yuboriş uçun taşkil etilganini ta’kidlaş kerak. 2010 yilda taşkil etilgan koalitsiya bungaça ham Ğazoga yordam yuborişga harakat qilgan, lekin har safar Isroil armiyasi sohilda ularni töxtatib qolgan.

Bu gal ham şunday böldi. Greta Tunberg boşçilik faollar yaxtasi Örta Yer dengizi böylab Ğazo sohiliga yaqinlaşganda Isroil armiyasi zobitlari tomonidan töxtatildi. Harbiylar kemaga çiqib, boşqaruvni qölga olişdi va uni Isroil tomon olib ketişdi. Isroil taşqi işlar vazirligi qölga olingan kemani «selfi yaxta» deb atab, Tunberg va döstlari aks etgan video e’lon qildi.

«Selfi yaxtaning barça a’zolari salomat. Ularga sendviç va suv berildi. Şou tugadi», deyiladi Isroil taşqi işlar vazirligi sahifasida. Isroil tomoniga köra, dengiz blokadasini yorib ötişga intilgan kemadagi barça yölovçilar davlat hisobidan öz davlatiga deportatsiya qilinadi. Ular olib kelgan gumanitar yordam yuklari esa Ğazoga yetkazib beriladi.