Rossiya va AQŞ ikki tomonlama munosabatlardagi «qözğatuvçi xususiyatini beruvçi» omillarni bartaraf etiş uçun maslahatlaşuvlarni Moskva va Vaşingtonga ötkaziş böyiça dastlabki qarorga keldi. Muzokaralar «yaqin vaqt içida» Rossiya poytaxtida bölib ötadi. Bu haqda 10 iyun, seşanba kuni TASS agentligi iqtibos keltirgan Rossiyaning AQŞdagi elçisi Aleksandr Darçiyev ma’lum qildi.
«Muhimi, oldinga intiliş bor, garçi mutlaqo teskari bölsa-da bu joriy yilning 10 aprelida Istanbulda bölib ötgan maslahatlaşuvlarning sönggi raundida qabul qilingan ularni poytaxtlarga köçiriş haqidagi dastlabki qaror kabi aniq natija bilan ölçanadi», dedi diplomat. «Tasdiqlaşim mumkinki, delegatsiyalar örtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi yaqin orada Moskvada bölib ötadi», — deya qöşimça qildi u.
Şu bilan birga, Darçiyev munosabatlarni normallaştiriş jarayoniga AQŞ Kongressidagi «çuqur davlat» va «loçinlar» vakillari xalaqit berişini da’vo qilmoqda.
Muzokaralarning avvalgi ikki raundi 27 fevral va 10 aprel kunlari Istanbulda bölib ötgan. Rossiya delegatsiyasiga Darçiyev, AQŞdan davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari böyiça yordamçisi örinbosari Sonata Koulter boşçilik qilgan.









