11 iyun, çorşanbaga ötar keçasi mahalliy vaqt bilan soat 00:31 dan 00:40 gaça Rossiya Qurolli kuçlari Xarkivning ikki tumani – Slobodskoy va Osnovyanskiy tumanlariga 17 ta Shahed uçuvçisiz uçoqlari bilan zarbalar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ikki kişi halok bölgan, 54 nafari yaralangan, yaradorlar orasida beş nafar bola ham bor. Bu haqda şahar meri Igor Terexov Telegramʼda ma’lum qildi.
«Beş qavatli uyda 15 dan ortiq xonadon yonmoqda... Boşqa manzilda... vayronalar ostida odamlar bölişi mumkin», — deb yozdi u. Yonğin içida qolgan uylardan bir neça kişi qutqarib olindi, deya qöşimça qildi mer.
Merning sözlariga köra, köp qavatli va xususiy uylar, bolalar maydonçalari, korxonalar va jamoat transportiga töğridan töğri zarba berilgan.
Bir qança maşinalar yonib ketgan, oynalari singan. Trolleybuslar, aloqa tarmoği, kommunal tarmoqlar va sanoat obektlari şikastlangan.
Favqulodda vaziyatlar xizmatlari, şuningdek, köngillilar oqibatlarni bartaraf etib, gaz, elektr va suv ta’minotini tiklamoqda, dedi Terexov.
«Xarkov life» Telegram-kanalida uy yonayotgani aks etgan video çop etildi.










