Qoraqalpoğistonning Amudaryo va Bözatov tumanlari tuman koeffitsiyentlari hamda yillik qöşimça ta’tilning eng kam muddati qöllanadigan tabiiy-iqlim şaroiti oğir va noqulay bölgan hududlar röyxatiga kiritildi.
Ilgari 2019 yil 5 yanvardan 2024 yil 31 martga qadar 50 va undan ortiq xonali yangi mehmonxonalar va boşqa joylaştiriş vositalarini quriş va foydalanişga topşirişni amalga oşirgan tadbirkorlik sub’yektiga uşbu mehmonxonani quriş va jihozlaş (rekonstruksiya va/yoki renovatsiya qiliş bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun Davlat budjetidan mablağ ajratiş nazarda tutilgan edi. Bunda subsidiya oliş uçun murojaat qiliş muddati 2025 yil 1 martgaça etib belgilangan edi. Kiritilayotgan özgartirişlar bilan murojaat qiliş muddati 2025 yil 31 dekabrgaça uzaytirilmoqda.
Bundan taşqari, sanoat korxonalarini avtomatik monitoring stansiyasi, çang-gaz tozalaş uskunalari, lokal suv tozalaş inşooti va statsionar kuzatuv posti bilan majburiy jihozlaş muddati uzaytirilmoqda (I toifali korxonalar uçun – 2026 yil 1 yanvargaça, II toifali korxonalar uçun – 2026 yil 1 iyulgaça).
Özgartiriş va qöşimçalar Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga kiritildi:
• 06.09.2019 yildagi «Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi;
• 07.09.2024 yildagi «Mehmonxona xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida»gi;
• 25.11.2024 yildagi «Sanoat korxonalarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi.











