Senatorlar aksiyadorlik jamiyatlarining ijro organlari, kuzatuv kengaşlari a’zolarining fidutsiar majburiyatlari, majoritar aksiyadorlarining umumiy majburiyatlari hamda uşbu majburiyatlar böyiça javobgarlik belgilanişini huquqiy jihatdan tartibga soliş, qonunçilikni xalqaro normalarga, şu jumladan Jahon savdo taşkilotining bitimlariga uyğunlaştiriş orqali taşqi savdoni yanada liberallaştiriş zarurati yuzaga kelayotganiga alohida töxtalib ötdi.
Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunga aksiyadorlarning umumiy majburiyatlarini hamda ularning javobgarligini aniqlaştirişga qaratilgan qöşimçalar va özgartiriş kiritilmoqda.
Bundan taşqari, uşbu qonun bilan Bojxona kodeksiga eng köp qulaylik beriş rejimiga ega bölmagan mamlakatlardan Özbekistonga keltirilayotgan tovarlar uçun tovarning kelib çiqişi töğrisidagi sertifikatlar mavjud bölmaganda import bojini ikki karra oşirib qöllaş amaliyoti bekor qilinişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.
Qömita a’zolari öz çiqişlarida mazkur qonun aksiyadorlik jamiyatlari boşqaruv organlarining hamda majoritar aksiyadorning jamiyat va boşqa aksiyadorlar manfaatlarini közlab, halol va oqilona iş olib borişiga, ularning mas’uliyatini oşirişga, şuningdek, milliy qonunçilik normalarini Jahon savdo taşkiloti qoidalariga muvofiqlaştiriş hisobidan savdoni adolatli qoidalar asosida amalga oşirişga, import va eksport kölamini kengaytirişga xizmat qilişini ta’kidladi.
Muhokama yakunida qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.









