Markaziy Osiyo jurnalistlaridan iborat jamoa şu kunlarda Bryusselda bölib, qator uçraşuvlarda qatnaşmoqda. 11 iyun kuni Yevropa parlamenti deputatlari OAV vakillari bilan muloqot qilarkan, mintaqa siyosati, harakatlari xususida öz fikrlarini bildirişdi. Markaziy Osiyo va Afğonistonni örganib keluvçi deputat, iqtisodçi, asli litvalik diplomatga köra, Rossiya diplomatiyani tuşunmaydi. Şuning uçun, masalan, Özbekiston ham hozirdanoq Ukraina yuzlaşgan mojaroga tayyor turişi kerak.
- Siz hozirgina Ukraina uruşi va mojaro böyiça Markaziy Osiyo davlatlari pozitsiyasi haqida gapirdingiz. Özbekiston uruş diplomatiya bilan yakunlanişini istaydi, umuman olganda siz mana, Yevroparlamentda turib bu mintaqaning siyosatini qanday kuzatasiz?
“Bilasizmi, Rossiya juda-juda agressor davlat. Rossiya özining eng yaqin qöşnisiga agressorlik qildi, ya’ni Ukrainaga. Lekin Ukraina bizning ham qöşnimiz. Siz hozir diplomatiya dedingiz, qanaqa diplomatiya, Rossiya diplomatiyani tuşunadimi? Yaqin orada rus diplomatiyasini körsatuvçi nimanidir kördingizmi? Qöşnilariga qarşi propagandadan boşqa narsa yöq. Men öylaymanki, kuçli bölişimiz kerak. Bu Markaziy Osiyoga ham taalluqli, siz hozirdan özingizning milliy mudofaangizni kuçli qilişingiz kerak. Bu sizning konstitutsional mas’uliyatingiz hisoblanadi. Yana bir gap - mustaqilligingizni vaqti kelib himoya qilişga ham tayyor turing, bu sizga bozordagi çegirma emas. Siz mustaqil qolişingiz qarorini Kremldan izlamang, ular emas buni belgilovçi”, - deydi Yevroparlament a’zosi Avstreviçius.
Muloqot davomida Yevroparlament deputatlari Markaziy Osiyo mamlakatlarining BMTdagi Ukraina böyiça rezolyutsiyaga bergan neytral ovozlaridan hayratda qolganini aytib ötişdi. Yaqindagina Qirğizistonning Öş şahrida Leninning haykali olib taşlandi, lekin bu 30 yil avval qilinişi kerak bölgan iş edi, deydi Yevroparlamentdagilar.
Şohrux Majidzoda tayyorladi.








