Uçraşuv doirasida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi hamda X5 Group örtasida özaro manfaatli şeriklikni mustahkamlaş, yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlarni eksport qiliş va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan hamkorlik şartnomasi imzolandi.
Mazkur şartnoma asosida tomonlar milliy brend ostida xalqaro bozor rastalariga olib çiqiş, eksport jarayonlarini soddalaştiriş, xalqaro standartlarga javob beruvçi işlab çiqariş va qadoqlaş tizimlarini yölga qöyiş, şuningdek, yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirişmoqda.
Muzokaralarda Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qiliş, zamonaviy logistika zanjirlarini şakllantiriş hamda raqobatbardoş işlab çiqarişni kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
X5 Group vakillari Özbekistonning boy agroresurslari, qulay tabiiy-iqlimiy şaroiti hamda yuqori sifatli mahsulot yetiştiriş salohiyatini yuqori baholab, mazkur hamkorlikning uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar.
Ma’lumot uçun: X5 Group — Rossiyaning 75 ta mintaqasida faoliyat yurituvçi yirik çakana savdo kompaniyasi bölib, 30 mingga yaqin dökonga egalik qiladi. Kompaniya “Pyatyoroçka”, “Perekryostok”, “Çijik”, “Okolo”, “Viktoriya”, “Krasniy Yar” va “Slata” kabi maşhur savdo tarmoqlari orqali keng tanilgan.









