Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç 11 iyun, çorşanba kuni Rossiyaning mamlakatga qurolli bostirib kirişi boşlanganidan beri ilk rasmiy taşrifi bilan Ukrainaga keldi. Uning taşrifidan maqsad Ukraina – Janubi-Şarqiy Yevropa sammitida iştirok etiş edi, deb xabar qildi Serbiya prezidenti ma’muriyati. Safar atigi bir kun davom etdi va e’lon qilinmadi.
Sammitda Vuçiç «ukrainaliklarni qöllab-quvvatlaşini yaqqol körsatiş» uçun Serbiya Ukrainaga Ukrainaning bir yoki ikkita şahar yoki viloyatini tiklaşda yordam berişga tayyorligini aytdi. U Belgrad Ukrainaning hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaganini ta’kidladi.
Odessadagi Ukraina – Janubi-Şarqiy Yevropa sammiti, jumladan, Qora dengizdagi xavfsizlik masalalariga bağişlandi, deb xabar berdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uçraşuv iştirokçilarining qöşma suratini çop etgan matbuot xizmati. Ruminiyaning yangi prezidenti Nikuşor Dan ham saylovdagi ğalabasidan keyin birinçi marta Ukrainaga keldi.
Odessa sammitida Moldova prezidenti Mayya Sandu, Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis va Xorvatiya boş vaziri Andrey Plenkoviç ham iştirok etdi. Ularning barçasi Ukrainani qöllab-quvvatlaydi va Zelenskiy bilan bir neça bor uçraşgan. Vuçiçning taşrifi diqqatni tortdi, çunki Belgrad amalda neytral hisoblanadi. Serbiya Moskvaning Ukraina hududlarini anneksiya qilişga urinişini tan olmaydi, lekin Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomiga ega bölişiga qaramay, Rossiyani tanqid qilişdan yoki unga qarşi sanksiyalar joriy etişdan tiyiladi.
May oyida 55 yoşli Aleksandr Vuçiç Yevropa Ittifoqi rahbariyatining e’tirozlariga qaramay, Moskvaga taşrif buyurdi va u yerda Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanalarda qatnaşdi. U 2017 yil 1 iyundan buyon Serbiya prezidenti.









