11 iyun, çorşanba kuni AFP xabariga köra, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzini qoralagan Ukraina - Janubi-Şarqiy Yevropa sammiti yakunlari böyiça deklaratsiyani imzolamadi.

Hujjatni Ruminiya prezidenti Nikuşor Dan, Moldova prezidenti Mayya Sandu, Bolgariya, Xorvatiya va Gretsiya boş vazirlari, boşqa Bolqon davlatlari vakillari imzoladi. «Biz Rossiyaning Ukrainaga qarşi şafqatsiz bosqinçilik uruşini keskin qoralaymiz», — deyiladi sammit iştirokçilari bayonotida.

Davlat rahbarlari «Ukrainani zarur bölgan vaqtgaça töliq va doimiy qöllab-quvvatlaş»ga sodiqligini tasdiqladi va barça mamlakatlarni Rossiyaning «harbiy harakatlariga» yordam bermaslikka çaqirdi. Deklaratsiyada, şuningdek, qöşimça sanksiyalar va Rossiya qöşinlarini olib çiqib ketiş, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zoligini qöllab-quvvatlaş, maxsus tribunal taşkil etiş talab etiladi.

Hujjatda ta’kidlanişiça, «Rossiya qöşinlari va harbiy texnikasini butun Ukrainadan töliq olib çiqib ketiş tinçlik uçun markaziy va muhokama etilmaydigan şartdir».