Taşrif Özbekiston va Yaponiya örtasida mehnat migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qiliş masalalarini kuçaytiriş maqsadida taşkil etildi.
Özbekiston delegatsiyasi safar davomida Yaponiyaning Taşqi işlar, Adliya, Yer, infratuzilmalar, transport va turizm, Qişloq xöjaligi vazirliklari, Immigratsiya xizmati va Xalqaro hamkorlik agentliklari, Xalqaro malakali işçilar bilan hamkorlik va Texnik stajyorlar dasturi taşkilotlari rahbariyati hamda Kanagava prefekturasi gubernatori bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Muzokaralar çoğida mehnat migratsiyasi sohasida özaro hamkorlikni rivojlantiriş, mehnat bozorlarini diversifikatsiya qiliş va Yaponiyaga özbekistonlik yoşlarni taşkiliy ravişda işga joylaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Taşrif doirasida Kanagava prefekturasida "Özbekistonning inson resurslari sohasidagi salohiyati" mavzusida anjuman ötkazildi. Unda 100 ga yaqin yapon iş beruvçi korxonalari va rekruting agentliklari rahbarlari qatnaşdi.
Forumda Yaponiyaning yirik iş beruvçi taşkilotlari rahbarlari sözga çiqib, Özbekiston bilan mehnat migratsiyasi sohasida işlaş tajribasi, yurtimizda yaratilgan şart-şaroitlar, şuningdek, özbekistonlik işçilarning mehnat faoliyatini olib borişdagi ijobiy fazilatlarini alohida qayd etib, boşqa iş beruvçilarni ham yurtimizdan mehnat kuçini yanada keng jalb qilişga çorladi.
Taşrif doirasida ötkazilgan muzokaralar natijasida qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, haydovçilik, quriliş va boşqa yönalişlarda Özbekistondan mehnat kuçini jalb qilişga qaratilgan bir qator bitimlar imzolandi.









