AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron hukumatini vaziyat yanada keskinlaşmasligi uçun AQŞ bilan yadroviy bitim tuzişga çaqirdi.

Oq uy rahbari Isroil tomonidan Eronning yadro va harbiy obektlariga zarbalari ortidan şunday bayonot berdi.

«Men Eronga kelişuvga erişiş uçun imkoniyat berdim. Lekin ular qançalik urinmasin, buni uddalay olmadilar... Eronning ba’zi qattiqqöl tarafdorlari dadil gapirdi, lekin kelajakda nima bölişini bilmas edi. Endi ularning hammasi ölib ketdi va bundan ham battar böladi! Ölim va vayronagarçiliklar allaqaçon köp böldi, biroq bunga barham beriş uçun hali imkon bor», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning sözlariga köra, navbatdagi hujumlar yanada şafqatsizroq böladi.

«Eron kelişuvga erişişi va bir vaqtlar Eron imperiyasi deb atalgan hududni saqlab qolişi kerak. Şunda ölimlar, vayronagarçiliklar bölmaydi, buni keç bölmasdan bajaring. Xudo barçangizni panohida asrasin!», deb qöşimça qildi AQŞ prezidenti.

Isroil 13 iyunga ötar keçasi Eronga zarba berdi. Nişonlar uranni boyitiş inşootlari, raketa bazalari, şuningdek, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi rahbariyati va yadro sohasi olimlari böldi. Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga köra, mamlakatning 12 viloyatida berilgan zarbalar oqibatida kamida bir kişi halok bölgan, 95 kişi jarohatlangan.

Isroil mudofaa kuçlari bu ogohlantiruvçi zarba ekanini, çunki Eron «yadro quroli yaratişga har qaçongidan ham yaqinroq» ekanini ma’lum qildi. Şu bilan birga, AQŞ Isroilning Eronga qilgan hujumiga aloqasi yöqligini ta’kidladi.

Isroilning zarbalari fonida Eron hukumati AQŞ bilan 15 iyun kuni Ömonda ötkazilişi rejalaştirilgan yadroviy dastur böyiça muzokaralarda iştirok etmasligini ma’lum qildi. Tramp muzokaralar davom etişini kutayotganini aytdi.