Denzel Vaşingtonning xuddi şu nomli filmi bor. Öşa kinoni körganimdan buyon ota mehri degan söz menga boşqaça ta’sir qiladi. Oxirgi ramazonda poyezdda vodiyga safar qildik. Yöl böyi bir ibratli voqeaga guvoh böldimki, taqdir bejizga öşa voqeani menga körsatmadi deb öylab u haqda sizga aytişni istadim. Bugun ota mehri haqida gaplaşamiz.

Jasurbekning dadasi

Samarqanddan vodiyga boradigan poyezdga çiqarkanmiz yöl rejamiz tayyor edi: saharlikni birgalikda qilamiz-da, keyin yetib borgunça dam olamiz. Axir yöl olis, ertalabdan işlaşimiz kerak edi. Buning ustiga qaytiş avtobusda bölişi aniq edi, u yerda uxlab bölmaydi. Poyezdning tepa qavatiga joy olgandim, avvaldan menga tepada ketiş yoqadi, odam xuddi uçib ketayotgandek böladi.

Tepa qavatga joylaşişim bilan pastdagi ikki örindagi yölovçilar e’tiborimni tortdi. Keyin butun yöl böyi xayolim şu yölovçilarda böldi... Ulardan biri örta yoşdagi ota, boşqasi otaning qöl-oyoği işlamaydigan öğli. Çamasi 12-13 yoşdagi bolakay gapirolmas, ba’zi istaklarinigina turli tovuşlar bilan ifoda etardi xolos. Uning nafas olişi qiyin, gavdasini ham tik tutolmasdi. Menimça, bolakayning ahvolini tasavvur qildingiz...

Bolaning otasi yöl böyi mana şu dard bilan sinalgan farzandi atrofida parvona böldi: hali aravaçasiga ötqizib, derazadan toğlarni tomoşa qildirib qöyadi, hali suv beradi, hali hojatga çiqasanmi deb söraydi. Ularning gaplaridan bolakayning ismi Azizbek ekanini tuşundim. Ota bola vohadan uylariga, vodiyning qaysidir şahriga ketişayotgandi, balki Andijonga, balki Marğilongadir. Har zamonda haligi bolaning oldiga şöx ukasi kelib turadi, uning ismi Jasurbek edi, adaşmasam. Bu şöx bola ham yurişdan, zaboni göyodan mahrum akasiga qarab keldi.

Yöl böyi bolaning otasi nogiron farzandi atrofida parvona bölib uxlamadi. Va biror mart uf deb noligani, öğliga ovozini kötargani yöq. Samarqanddan Namangangaça poyezd juda köp vaqt yuradi, işoning tor poyezdda harakatdan töla mahrum bolaga qaraydigan ota biror marta noşukurlik qilmadi, farzandini köz qoraçiğiday asrab keldi.

Men ularni gapga tutişga yuragim doş bermadi, juda ta’sirlandim. Ba’zi odamlar ota bilan gaplaşib ketişdi. Aytişiça, bolaning uy uçun alohida, köçaga çiqişi uçun alohida aravaçasi bor ekan. Ota har kuni orqasi töşakda qizarib ketmasligi uçun öğlini massaj qilarkan.

Yöq, azizlar bunday holatni taqdir menga bejizga körsatmadi, men albatta bu qahramon ota haqida qaçondir sizga aytib berişim kerak edi. Tört muçasi salomat bolasini uradigan, sökadigan, köçada qoldiradigan insonlar juda köpaygan zamonimizda özimizning vodiyning bir qişloğida qöl-oyoği işlamaydigan, gapirolmaydigan, hojatga çiqişini ham tovuşlar bilan işora qiladigan farzandini köklarga kötaradigan, bu sinovga uçraganidan heç ham nolimaydigan Jasurbekning dadasidek qahramon ota borligini bilişingiz kerak.