Malayziya islom moliyasining yirik habiga aylaniş uçun 40 yil sarflagan bölsa, Özbekiston bor tajribadan foydalanib, qisqa muddatda mintaqaning islomiy moliya habiga aylanişi mumkin. Kun.uz suhbatlaşgan soha mutaxassislari Iskandar Tursunov va Hayotjon Azimovga köra, bu imkoniyatdan foydalaniş mamlakatga juda katta dividend olib keladi.

ISLOMIY MOLIYa BOZORI – JAHON MIQYoSIDA ÖSIB BORAYoTGAN SeKTOR

Iskandar Tursunov Al-Muamalat Consulting MÇJ asosçisi:

— Avvalo islom moliyasi bozori hajmiga töxtalsak. 2023 yildagi hisobot yakunlariga köra, ayni paytda global islom moliyasi bozori 4,9 trillion dollarga baholangan. Prognozlar şuni körsatmoqdaki, 2027-2028 yilga borib bu körsatkiç 8 trillion dollarga yetişi mumkin. Sönggi uç yil içida islom moliyasida 11-12 foizlik intensiv ösiş bölyapti.

Buning içida eng katta uluşga ega bölgan soha – islomiy banklar. Agar 4,9 trillion dollarlik islom moliyasi bozoriga qaraydigan bölsak, şuning içida 70-73 foizi islomiy banklar uluşiga töğri keladi. Bu degani taxminan 3,6 trillion dollar.

Joylaşuv, davlatlardagi taqsimoti böyiça agar qaraydigan bölsak, eng ilğor davlatlar: Malayziya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Dubay, Indoneziya, Pokiston, Yevropa davlatlaridan Lyuksemburg, Buyuk Britaniya davlatlarida, Turkiyada körişimiz mumkin.

Islom moliyasi bu – moliyaviy tizim. Buni biz töğri qabul qilişimiz kerak va uni jamiyatda, iqtisodiyotimiz, moliya sohasiga joriy qilişimiz kerak.

Rossiya tajribasiga qaraydigan bölsak, 2022 yilning boşigaça Rossiyada islom moliyasini rivojlantiriş, unga e’tibor beriş juda sust darajada böldi. Çunki iqtisodiyotdagi vaziyat yaxşi edi, resurslarni sotiş orqali.

2022 yildan e’tiboran xalqaro vaziyat özgardi, Ğarb sanksiyalarni qöllaşi oqibatida moliyaviy qiyinçilikka yuz tutdi Rossiya. Şunda ular e’tiborini arab davlatlariga, u yerdagi resurslarni jalb qilişga qaratib boşladi. Bu resurslar esa islom moliyasi orqali kirib kela oladi. Siyosiy iroda körsatib buni joriy qila boşlaşdi.

Natijada arab davlatlaridan ixtisoslaşgan tizimlar orqali 2023 yilda 130 milliard dollarga yaqin tovar aylanmasi, oldi-sotdi munosabatlari amalga oşirildi.

BOZORDAGI ÖSIŞNING IKKI ASOSIY OMILI

Hayotjon Azimov “Al-Muamalat Consulting” MÇJ eksperti:

— Islomiy moliya bozorining ösişida ikki asosiy omilni alohida ta’kidlaş mumkin. Birinçisi — texnologiyalar asosida yangilanib, keng omma uçun qulay va tuşunarli bölayotgan moliyaviy mahsulotlar. Ikkinçisi — aholi soni va undagi talabning oşib borayotgani.

Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar islomiy moliyada katta rol öynamoqda. Masalan, Malayziyada yaqinda oçilgan raqamli bank buning yaqqol misoli. Uning faoliyati boşlanganiga oz vaqt bölişiga qaramay, u 125 milliard ringgit (taxminan 25 milliard dollar) miqdorida depozit jalb qilgan. E’tiborlisi — bu bankning faqat raqamli şaklda faoliyat yuritadi, biror fizik filiali yöq. Ammo şunça qisqa vaqt içida aholi işonçini qozonib, yirik bozor iştirokçisiga aylandi.

Texnologiyalar tufayli moliyaviy xizmatlar jamiyatning barça qatlamlari uçun yanada oçiq va qulay bölmoqda. Ilgari tölov amalga oşiriş uçun bankka boriş kerak bölgan bölsa, hozir buning uçun faqat smartfon yetarli. QR-kod orqali yoki raqamli ilovada bir neça soniyada moliyaviy operatsiyani amalga oşiriş mumkin.

Bu — moliyaviy mahsulotlar tarafidan sodir bölayotgan özgariş. Ammo aholi tarafidan ham islomiy moliyaga qiziqiş ortib bormoqda. Bugungi kunda yurtimizda aholi orasidagi savollar, murojaatlar, talab darajasi şunçalik yuqorilamoqdaki, bu jarayonni endi raqamlar bilan emas, balki sifat bilan baholaş kerak.

Islom moliyasidagi ösiş keng ommaning qiziqişi asosida yuz bermoqda. Iqtisodiy qonuniyatga köra talab bölsa, taklif paydo böladi. Aynan şunday jarayonni kuzatyapmiz: aholidagi diniy e’tiqod islomiy moliyaviy mahsulotlarga talabni orttirmoqda.

Bozordagi uşbu sur’at va talab Özbekistonning islomiy moliya habiga aylaniş salohiyatini yanada mustahkamlaydi. Bizda aholi soni yuqori, moliyaviy bozorda islohotlar izçil amalga oşirilmoqda, raqamli texnologiyalar keng joriy etilyapti. Şu bois, bozorda böşliq paydo bölganda uni töldiradigan startaplar ham tez paydo bölmoqda. Kapital suvdek — qayerda imkoniyat bölsa, öşa tarafga oqib boradi.

KAPITAL OQIMI UÇUN TABIIY MANZIL

Iskandar Tursunov:

— Özbekiston ana şu kapital oqimi uçun tabiiy manzilga aylanişi mumkin. Islomiy moliyaga bölgan rasmiy e’tirof va prezidentimiz tomonidan bildirilgan siyosiy iroda bu jarayonni yanada tezlaştirmoqda. Agar şunday yönalişda davom etsak, mintaqada yetakçi mavqeni egallaşimiz mumkin.

Özbekistonda islomiy moliyani rivojlantiriş uçun huquqiy va institutsional baza yaratiş ustuvor vazifalardan biridir. Hozirgi vaqtda Prezident administratsiyasi, Markaziy Bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boşqa tegişli idoralar islomiy banklar uçun alohida qonun loyihasini işlab çiqiş ustida iş olib borişmoqda. Uşbu qonun 2025 yilning iyul-avgust oylarida qabul qilinişi kutilmoqda.

Qonun qabul qilinsa, bu hozirda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari içida islomiy bank darçalarini oçiş imkoniyatini sezilarli darajada kengaytiradi. Natijada xorijdagi islomiy moliyaviy institutlar töğridan töğri Özbekiston bozoriga kirişi mumkin böladi. Bu esa aholi, tadbirkorlar, kiçik va örta biznes uçun yangi manbalar, ya’ni şariatga muvofiq moliyalaştiriş imkoniyatlarini yaratadi.

Islomiy banklar faoliyatining joriy qilinişi iqtisodiyotga köp qirrali foyda keltiradi: xizmat tölovlari va soliq tuşumlari orqali budjetga tuşum orsa, yangi iş örinlari va tadbirkorlik faolligi ortişiga ham zamin yaratadi.

Islom moliyasining tabiatiga köra, bu sohada ikkita nazorat tizimi böladi:

1.    Moliyaviy tartibga soluvçi organlar (Markaziy bank, Moliya vazirligi va boşqalar)

2.    Şariat masalalari böyiça maslahat organi — Şariat kengaşi

Şariat kengaşi — davlat moliyaviy strukturasi huzurida taşkil etiladi va uning asosiy vazifasi — islomiy moliyaviy mahsulotlarning şariat talablariga mosligini ta’minlaş. Uşbu organ Diniy qömita yoki diniy idora içida emas, balki Markaziy bank yoki tegişli davlat idorasi qoşida faoliyat yuritişi kerak. Diniy idoralar esa asosan kadrlar tayyorlaş, şariat bilimlarini yetkaziş kabi sohalarda bilvosita iştirok etişi mumkin.

Bu — jahon amaliyotida sinovdan ötgan model. Masalan, Malayziyada dastlab islomiy moliya institutsional tartibga solinmagan holda faoliyat yuritgan va bu 14 yil davomida nizolar hamda huquqiy noaniqliklarni keltirib çiqargan. Şundan keyin Markaziy bank öz huzurida Şariat maslahat kengaşini tuzdi va barça şariatga oid masalalarda oxirgi qaror aynan şu organ tomonidan qabul qilinadigan tizimni yölga qöydi. Mazkur islohotdan söng Malayziyadagi islomiy moliya sektori yuqori sur’atlarda ösdi.

Özbekiston bu sinovlarni qaytadan boşdan ötkazişga muhtoj emas. Biz tayyor modellarga ega bölib, ularni adaptatsiya qiliş orqali vaqt va resurslarni tejaymiz.

ISLOMIY MOLIYaNING IQTISODIY TA’SIRI: SARMOYa, EKSPORT VA BANKLAR FOYDASI

Iskandar Tursunov:

— Islomiy bank tizimi joriy etilsa, bu nafaqat aholi uçun yangi moliyaviy xizmatlarni, balki davlat iqtisodiyoti uçun ulkan imkoniyatlarni yaratadi. Avvalo, bu orqali yurtimizga xalqaro sarmoyalar oqimi orttiriladi.

Bugungi kunda Özbekistonga Islom taraqqiyot banki va uning tarmoq taşkilotlari orqali jalb qilingan investitsiyalar sobiq MDH davlatlari orasida eng yuqori uluşga ega. Umumiy 9 milliard dollarlik mablağning 43–45 foizi Özbekiston hissasiga töğri kelgan. Bu yuqori talab va yetarli moliyaviy salohiyat borligini körsatadi.

Ayni paytda Özbekistondagi 10 dan ortiq tijorat banki Islom taraqqiyot banki resurslaridan foydalanib bu mablağlarni töliq özlaştirib bölgan. Bu — bozordagi resursga bölgan talab yuqori ekanining yana bir dalili. E’tiborlisi, hali islomiy bank qonuni qabul qilinmasidan turib, bozorda uşbu mahsulotlarga ehtiyoj paydo bölgan.

Qonun qabul qilinsa, tijorat banklari öz içida islomiy bank darçalarini tezroq oçiş imkoniyatiga ega böladi. Bu esa jahondagi islomiy moliya bozori — 4,5 trillion dollarga bağişlangan resurslardan investitsiya jalb qiliş imkonini kengaytiradi. Hatto 5 milliard dollar kabi nisbatan kiçik summa ham 130 milliard dollarlik milliy iqtisodiyot uçun sezilarli ta’sir körsata oladi.

Bu kabi sarmoyalar:

  • Resurs narxini arzonlaştiradi
  • Işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiradi
  • Mahsulot tannarxini tuşiradi
  • Eksport salohiyatini oşiradi
  • Aholi uçun yangi iş örinlari yaratadi

Islomiy bank faoliyati banklar uçun ham moliyaviy jihatdan manfaatlidir. Ular har bir operatsiyadan komissiya tölovi va xizmat haqi oladi. Şuningdek, banklar öz siyosatidan kelib çiqqan holda qöşimça foizsiz daromad — marja hisobidan ham daromad köra oladi.

Hozirça jamiyatda “islomiy banklar an’anaviy banklar faoliyatiga tösqinlik qiladi” degan notöğri tuşunçalar bor. Aslida ikki tizim bir-biriga raqobatçi emas, balki bozorda xizmat turlarini diversifikatsiya qiliş orqali rivojlanişni ta’minlaydi. Bu mijoz tanlovini kengaytiradi va umumiy moliyaviy inklyuziyani oşiradi.

Malayziya misolida ham şuni köriş mumkin: avval Bank Islam Malaysia oçilgan, keyin esa boşqa yirik an’anaviy banklar — CIMB, Maybank, Public Islamic Bank öz içida islomiy bank darçalarini oçgan. Natijada butun moliyaviy tizim rivojlangan va iqtisodiyotda salbiy emas, aksinça, ijobiy ta’sir yuz bergan.

Özbekiston ham xuddi şunday yölni bosib ötişi mumkin. Bu yangi bozor emas — qöşimça bozor. Har ikki tomon uçun foyda keltiradigan, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya jalb qilişga xizmat qiladigan imkoniyatlar maydoni.

ÖZBeKISTON — MINTAQAVIY ISLOMIY MOLIYa HABI BÖLIŞI MUMKIN

Hayotjon Azimov:

— Özbekistonning islomiy moliya sohasida habga aylaniş imkoniyati nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham yuksak salohiyatga ega. Bugungi kunda bir qator omillar bu ehtimolni tarixiy imkoniyat darajasiga olib çiqmoqda.

Axoli va geografik joylaşuv – strategik resurs

Özbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylaşgan bölib, Afğoniston, Xitoy, Qozoğiston, Turkmaniston va boşqa mamlakatlar bilan çegaradoş. Bu uni mintaqaviy transport va moliyaviy oqimlar uçun tabiiy ötkazgiçga aylantiradi. Yuqori aholi soni esa — içki bozorning kengligini va kadrlar tayyorlaş uçun yetarli inson resurslarini ta’minlaydi.

Ta’lim va texnologiyalar uçun oçiqlik

Özbekistonda moliyaviy texnologiyalar (fintex) va raqamli xizmatlar jadal rivojlanmoqda. Yangiça moliyaviy mahsulotlar — mobil tölovlar, QR-kod orqali hisob-kitoblar, raqamli platformadagi bank xizmatlari jamiyat uçun odatiyga aylanmoqda. Bu esa islomiy moliyaviy xizmatlarni joriy etiş uçun qulay muhit yaratadi.

Investorlar uçun jozibali makon

Hozirgi global geosiyosiy özgarişlar, Ğarb moliya bozorlaridagi beqarorlik, sanksiyalar va dollarga nisbatan tanqidlar — köplab investorlarni yangi bozorlar qidirişga majbur qilmoqda. Özbekiston ana şu “yangi va’da berayotgan bozorlar”dan biri sifatida körilmoqda. Bugungi kunda köplab xalqaro fondlar, institutsional sarmoyadorlar Özbekistonning islomiy moliya infratuzilmasi, qonunçiligi va bozor şaroiti töğrisida ma’lumot sörab murojaat qilmoqda. Bu amaldagi qiziqiş belgisidir.

Qozoğiston tajribasi — örganiş uçun misol

2018 yilda Qozoğistonda taşkil etilgan “Astana xalqaro moliya markazi” bu sohadagi yirik qadam böldi. Unga 6 yil içida 3500 dan ziyod taşkilot röyxatdan ötdi va 14 milliard dollarga yaqin töğridan töğri xorijiy investitsiya jalb etildi. Bu orqali mamlakat iqtisodiyotiga 10 mingga yaqin iş örinlari, 169 milliard tenge soliq tuşumi keltirildi.

Özbekistonda bu körsatkiçlar bir neça baravar yuqori bölişi mumkin. Çunki mamlakat aholisi köproq, içki bozor katta va islomiy moliyaviy xizmatlarga bölgan talab kuçli.

Malayziya — yöl xaritasi va şablon

Malayziya 1983 yilda Bank Islam Malaysia taşkil etilişidan boşlab 2025 yilga qadar 350 milliard dollarlik islomiy moliya aktivlariga ega böldi. Bu 40 yillik bosqiçma-bosqiç taraqqiyot natijasidir. Özbekiston esa bu tajribani hisobga olgan holda, ayrim bosqiçlarni qisqartirib, bir neça yil içida hududiy hab maqomini egallaşi mumkin.

Bugungi kunda törtta asosiy omil — aholi soni, texnologiyalar uçun oçiqlik, investorlar qiziqişi va taşqi bozordagi notinçlik — Özbekistonni islomiy moliyada habga aylantiriş uçun tarixiy imkoniyat yaratayapti. Maqsad bu — imkoniyatni boy bermasdan, institutsional va huquqiy asoslarni yaratib, amaliy qadamlarni boşlaş.

AMALIYoTGA ÖTIŞ: HUQUQIY ASOS, ReGULYaTORLAR VA ŞARIAT KeNGAŞI ROLI

Iskandar Tursunov:

— Islomiy moliya bu — avvalo moliyaviy tizim. Şuning uçun uning samarali joriy etilişi uçun milliy qonunçilikda aniq tartiblar, javobgar sub’yektlar va şaffof mexanizmlar belgilanişi lozim.

Birlamçi tartibga soluvçi organlar sifatida Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar agentligi kabi tuzilmalar qatnaşadi. Ular islomiy moliyaviy institutlarga litsenziya beriş, nazorat qiliş, standartlar belgilaş va bozor şaffofligini ta’minlaş vazifalarini bajaradi.

Biroq islomiy moliyaning öziga xos xususiyati şundaki — har bir mahsulot nafaqat iqtisodiy, balki şariat talablariga ham mos bölişi kerak. Şu sababdan maxsus organ — Şariat kengaşi taşkil etiladi.

Bu kengaş Markaziy bank huzurida yoki alohida iqtisodiy tuzilma qoşida faoliyat yuritadi va islomiy moliyaviy mahsulotlarning şariatga muvofiqligini ekspertiza qiladi. Şu bilan birga, bu organ barça tijorat banklari va moliya muassasalari uçun yagona islomiy huquqiy nuqtai nazarni belgilab beradi.

Diniy qömitalar va islom markazlari esa töğridan töğri regulyator emas, balki kadrlar tayyorlaş, maslahat beriş va bilim tarqatiş sohasida yordamçi vazifa bajaradi.

Hayotjon Azimov:

— Bu model Malayziyada sinovdan ötgan: 1983-1997 yillar davomida Malayziyada şariat nazorati markazlaşmagan edi. Bu esa sudlardagi kelişmovçiliklar, şariat va moliyaviy qonunçilik örtasidagi ziddiyatlar bilan tugadi. Faqat 1997 yildan keyin Malayziya Markaziy banki huzurida Shariah Advisory Council taşkil etdi va barça huquqiy nizolarga yagona yondaşuv joriy qilindi. Natijada bozor rivojlanişida barqarorlik va işonç ortdi.

Özbekiston ham bu tajribani qöllab, 14 yillik sinov davrini ötkazmasdan, tayyor mexanizmlarni adaptatsiya qilişi mumkin.

Agar amaldagi moliyaviy qonunçilikka şariatga mos mexanizmlar qöşilsa, litsenziyalaş va nazorat qiliş jarayonlari aniq bölsa, islomiy moliyaviy xizmatlar nafaqat islomiy banki, balki iqtisodiyotning barça böğinlari uçun rivoj motoriga aylanişi mumkin.

Şokir Şaripov suhbatlaşdi.