Mamlakatimizning turli hududlarida voyaga yetayotgan yoşlarning hayotga tayyorlaniş yöli bir xilda keçmayapti. Atrof-muhit, şaroit va imkoniyatlarning turliça bölişi yoşlarning öz salohiyatini töliq röyobga çiqarişiga ta’sir körsatmasdan qolmaydi. Ba’zilar tezroq va qulayroq yöllar bilan rivojlaniş imkoniga ega bölayotgan bölsa, ayrim yoşlar öz yölini topişda qöllab-quvvatlaşga muhtoj. “Teach for Uzbekistan” loyihasi aynan şu farqlarni kamaytiritiş, har bir bolaga öz orzulari sari dadil qadam taşlaş uçun ilhom, işonç va namuna böla oladigan yetakçilarni tayyorlaşga harakat qilmoqda.

Uşbu loyiha dunyoning 63 mamlakatida ta’lim taşabbuslarini qöllab-quvvatlovçi “Teach for All” global tarmoğining Özbekistondagi bir bölagi sifatida taşkil etilgan. Dasturning asosiy maqsadi çekka hududlardagi bolalarga ham poytaxtdagilar bilan teng bilim oliş imkonini berişdan iborat. Bu orqali ta’limdagi hududiy tafovutlarni kamaytiriş va har bir bolaning sifatli bilim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsad qilingan. Loyiha doirasida xorij va Özbekistondagi nufuzli oliygohlarda ta’lim olgan iste’dodli yoşlar çekka hududlardagi maktablarga dars ötiş uçun yuborilmoqda.

“Teach for Uzbekistan” loyihasi birinçi bosqiçi boşlanganiga 1 yildan oşdi. Bu muddat içida pedagogik mahorati şakllangan yoş mutaxassislarning Qaşqadaryo viloyati eng çekka tumanlariga borib, maktablarda dars berişi yölga qöyildi.

“Loyihaga iştirokçilarni saralaş uçun tanlov e’lon qilinganida 740 nafardan ortiq nomzod ariza topşirgani, ularning köpçiligi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilari ekani va eng asosiysi çekka hududlarda işlaşga tayyorligini bildirişgani bizni quvontirdi.Talabgorlar orasidan 12 nafar mutaxassis tanlab olinib, Qaşqadaryo viloyatining Kökdala va Çiroqçi tumanlariga 2 yilga yuborildi. Mazkur hududlar tanlanişiga sabab u yerda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş pastligi, maktablarda öquvçilarning akademik körsatkiçlari nisbatan sustligi, şuningdek, STEAM fanlari böyiça öqituvçilar yetişmasligida. Hozirda öqituvçilarimiz 4 ta maktabda 1500 dan ortiq bolaga matematika, biologiya, kimyo, ingliz tili fanlari böyiça dars ötişmoqda”, – deydi loyiha rahbari Umida Yöldoşeva.

Uning aytişiça, loyiha barça oliygohlar bitiruvçilari uçun oçiq bölib, pedagogik diplom talab etilmaydi. Masalan, tibbiyot yoki yuridik yönaliş bitiruvçisi kimyo yoki huquq fanidan dars berişi mumkin. Muhimi nomzodning fan böyiça bilim darajasi va bolalar bilan işlaş salohiyati. Loyihaga qabul qiliniş jarayonida mutaxassislarning pedagogik qobiliyati, dars ötiş uslubi, bolalar bilan muloqotdagi yondaşuvi, stressga çidamliligi kabi jihatlar tekşirilgan. Tanlab olinganlar beş haftalik intensiv pedagogik tayyorlov kursida iştirok etib, ikki yil davomida dars ötiş uçun Qaşqadaryoga yuborilgan.

“Loyiha doirasida qamrab olingan öquvçilarning darsga bölgan munosabatini baholaş uçun xalqaro “Panorama” testini ötkazdik. Bu test orqali bolalarning öqituvçilarga bölgan işonçi, darslarga qiziqişi, fanlarni özlaştirişdagi motivatsiyasi ölçanadi. Natijalarga köra, öquvçilarning 75 foizdan ortiği darslarni qiziqarli deb baholagan, ayrim maktablarda bu körsatkiç 80 foizdan yuqori bölgan”, – deydi Umida Yöldoşeva.

Loyiha doirasida saralab olinganlar maktablarda faqat nazariy bilim beriş bilangina çeklanib qolmay, öquvçilarga amalda foydasi tegadigan könikmalarni örgatiş, ularni mustaqil fikrlaşga undaş va zamonaviy kasb-hunarlarga qiziqtiriş ustida ham işlamoqda. Ular darslarda interaktiv yondaşuvdan foydalanib, mahorat darslari ötkazişyapti, guruh-guruh bölib loyiha qilişyapti. Şu orqali bolalarda ijodiy fikrlaş, jamoada işlaş qobiliyatlari rivojlantirilyapti.

“Toşkentga hali kelmagan öquvçilarni 3 kunlik madaniy hordiq safariga poytaxtga olib keldik. Öquvçilar Yoşlar kutubxonasi, Politexnika muzeyi, teatrlar, Muz saroyi, akvarium va boşqa madaniy maskanlarga bordi. Aprel oyida esa “Mening diyorim” nomli ijodiy fototanlov va fotokörgazma taşkil qildik. Unda öquvçilar öz hududlarining manzaralarini suratga olib, kreativ izohlar bilan taqdim etişdi. Tanlab olingan 80 ga yaqin eng yaxşi suratlar Toşkentdagi Fotosuratlar uyida namoyiş qilindi. Şuningdek, “Asl Ustoz” loyihasi doirasida informatika va ingliz tili öqituvçilari uçun malaka oşiriş seminarlarini ötkazdik va maxsus elektron platforma yaratdik. yozgi ta’til boşlanişi bilan, 27 maydan 18 iyungaça Çiroqçi tumanidagi hamkor maktab hududida yozgi oromgoh taşkil etilişi rejalaştirilgan. Unda art-klublar, ingliz tili, kimyo, biologiya va matematika fanlari böyiça tögaraklar yölga qöyiladi”, – deydi kommunikatsiyalar böyiça mutaxassis Yodgor Inomjonov.

“Teach for Uzbekistan” loyihasi doirasida dunyoning 65 dan ortiq davlatida ta’limda samara bergan tajribalarni mahalliy tizimiga integratsiya qiliş rejalaştirilgan. Bu orqali özlaştirişda tengdoşlaridan ortda qolayotgan bolalarning bilim böşliqlarini töldiriş va öqişga bölgan qiziqişini oşiriş közda tutilgan.

“Sobiq Sovet ittifoqi davridan beri bizda köproq “öqituvçi markazida” ta’lim modeli qöllanib kelingan, bunda öqituvçi axborotni beradi, öquvçi esa uni passiv qabul qiladi. Biroq hozirgi kunda biz joriy qilayotgan dastur doirasida bu yondaşuv özgarmoqda. Xorijiy ta’lim standartlari asosida işlab çiqilgan “öquvçi markazida” bölgan yangi model ustida işlayapmiz. Uşbu modelda öquvçi endi bilimni şunçaki qabul qiluvçi emas, balki uni faol yaratuvçi, mustaqil fikr bildiruvçi, muammolarga yeçim taklif qila oladigan şaxs sifatida şakllanadi. Dasturimiz iştirokçilari aynan mana şu yondaşuvni amaliyotga tatbiq etişmoqda.

“Teach for Uzbekistan” dasturining eng muhim jihatlaridan biri — u faqat öquvçilarning emas, balki öqituvçilarning özini va ularni tayyorlaş tizimini ham tubdan yangilaşga qaratilgan. Şuningdek, loyiha doirasida maktab direktorlarini zamonaviy menejment tamoyillari asosida tayyorlaş böyiça ham alohida dastur mavjud. Ular uçun xorijiy “school management” tajribasiga tayangan maxsus treninglar taşkil etilmoqda. Bundan taşqari, biz Britaniya ta’lim standartlari asosidagi boşqa loyihalarni ham integratsiya qilmoqdamiz”, – deydi akademik masalalar böyiça ekspert Uluğbek Azizov.

Loyiha nodavlat-notijorat dastur hisoblanib, u davlat tomonidan moliyalaştirilmaydi. Xarajatlar mahalliy homiylar va xalqaro grantlar hisobidan qoplanadi. Dastur iştirokçilariga stipendiya beriladi.

Hozirda “Teach for Uzbekistan” loyihasining ikkinçi mavsumi uçun ariza topşiriş jarayoni bölib ötmoqda. Dasturning kelgusi faoliyat hududi sifatida Surxondaryo viloyati tanlangan. Loyiha rahbarining aytişiça, Termiz, Muzrabot va Qiziriq tumanlariga saralab olingan mutaxassislar dars ötişga yuboriladi. Kelgusida loyihaning geografiyasi kengaytirilib, 2026 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida ham iş boşlaş rejalaştirilgan.

Ma’lumot örnida, “Teach for Uzbekistan” dasturiga iştirokçi sifatida qöşilişni istagan nomzodlar quyidagi beş bosqiçli tanlovdan ötişlari lozim:

Birinçi bosqiç: onlayn ariza töldiriş. Bu bosqiçda nomzod veb-saytdagi savollarga inşo tarzida yozma javob beradi. Javoblar asosida uning yozma nutq madaniyati va fikrlaş darajasi baholanadi.

Ikkinçi bosqiç: mutaxassislar bilan onlayn suhbat. Rekrutment va tanlov böyiça mas’ul mutaxassislar nomzod bilan suhbat ötkazib, uning bilim saviyasi, ikki yil davomida loyihada faol iştirok eta oliş salohiyati, yangi hududda işlaşga tayyorlik darajasini baholaydi.

Uçinçi bosqiç: baholaş markazi. Bu bosqiçda nomzodlar turli jamoaviy maşqlar, öyinlar hamda dars taqdimotlari orqali sinovdan ötkaziladi. Ularning stressga bardoşliligi, liderlik salohiyati va jamoa bilan işlaş könikmalari aniqlanadi.

Törtinçi bosqiç: metodistlar bilan suhbat. Nomzodlar tanlagan fan yönalişi böyiça metodist mutaxassislar tomonidan suhbatdan ötkaziladi. Bu bosqiçda fanga oid çuqur bilim va metodik könikmalar baholanadi.

Beşinçi bosqiç: yozgi institut. Mazkur bosqiçga yetib kelgan nomzodlar beş haftalik maxsus tayyorgarlik dasturiga qabul qiladi. Jarayonda iştirokçilar öz fani böyiça bilimlarini mustahkamlaydi, liderlik könikmalari, omma oldida nutq sözlaş, sahnada özini tutiş (aktyorlik) kabi qobiliyatlarini rivojlantiriş ustida ham işlaş imkoniyatiga ega böladi.

 Diyoraxon Nabijonova tayyorladi.