Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Grossi 13 iyun, juma kuni Eronning Natanz şahridagi uranni boyitiş böyiça muhim inşootda Isroil hujumlaridan söng alfa-zarralar ajralib çiqdi, dedi. «Natanz inşooti taşqarisidagi radiatsiya darajasi özgarişsiz qolmoqda. Tegişli himoya çoralari bilan nazorat qilinadi», — deya Grossining sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik matbuot xizmati.

Eron Atom energiyasi taşkiloti rahbari Muhammad Islomiy, öz navbatida, Isroil hujumlari Natanzdagi inşootga jiddiy zarar yetkazmagani va radiatsiya sizib çiqişiga olib kelmaganini da’vo qilmoqda. «Zarar yer darajasida bölgani va qurbonlar bölmagani yaxşi. Aholini xavotirga solişi mumkin bölgan radiatsiya sizib çiqişi ham kuzatilmagan. Hozirda yetkazilgan zararni baholayapmiz», — dedi u.

Avvalroq Eronning Isfaxon viloyati gubernatori xavfsizlik xizmati rahbari örinbosari Akbar Solihiy Natanzda yadroviy zaharlaniş haqida xabarlar yöqligini ma’lum qilgandi.

Grossining ta’kidlaşiça, davlatlar örtasidagi vaziyat yoki munosabatlardan qat’i nazar, yadroviy inşootlarga «heç qaçon hujum qilinmasligi kerak». Bunday hujumlar Yer aholisiga ham, atrof-muhitga ham zarar yetkazişi mumkin, dedi u. «Bunday hujumlar yadroviy xavfsizlik va kafolatlar, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro tinçlik va xavfsizlik uçun jiddiy oqibatlarga olib keladi», — deya BMT matbuot xizmati AEXA rahbarining sözlarini keltirdi.