Isroilning 13 iyun, jumaga ötar keçasi Eronga bergan yirik zarbalaridan söng butun dunyo böylab Isroil elçixonalari va konsulliklari yopiqligiça qolmoqda. «Sönggi voqealarni hisobga olgan holda, Isroilning butun dunyo böylab vakolatxonalari yopiqligiça qolmoqda, konsullik xizmatlari körsatilmayapti», — deya xabar beradi Isroil diplomatik vakolatxonalari veb-saytlari.

Xuddi şunday xabarlar Isroilning AQŞ, Buyuk Britaniya, Şvetsiya, Norvegiya, Fransiya, Nigeriya, Rossiya va Ukrainadagi elçixonalari veb-saytlarida ham joylaştirilgan.

Avvalroq Isroil Erondagi qator nişonlarga, jumladan, Tehrondagi obektlarga va Natanz yadro markaziga kuçli zarbalar bergan edi. Eron matbuotiga köra, hujumlarda, jumladan, Eron qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Muhammad Bağiriy va Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Husayn Salomiy ham halok bölgan.

Tehron Isroilning zarbalarini «uruş e’lon qiliş» deb atadi. Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Isroilga dahşatli oqibatlar bilan tahdid qildi. Prezident Ma’sud Pizişkiyon Tehron Isroilni hujumdan puşaymon qildirişini aytdi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga köra, Eron 13 iyun, juma kuni Isroilga qarşi kamida 100 ta uçuvçisiz uçuvçisiz uçoq uçirdi, ularning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan tutib olingan.

Xalqaro hamjamiyat vaziyatni yumşatiş va vazminlikka çaqirar ekan, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu harbiy amaliyot «köp kun davom etişini» aytdi.