Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQŞ – kun dayjesti
|19:14 / 14.06.202512 1909 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Eron Isroilga javob zarbalari berdi
Juma kuni keçasi Eron Isroilga qarşi javob havo hujumlarini amalga oşirdi, portlaşlar mamlakatning eng yirik ikki şahri – Quddus va Tel-Avivda eşitildi. Tel-Aviv osmonida raketalar körindi, harbiylar Eron ikki tölqinda öt oçganini bildirdi. Isroil armiyasi Eron 100 tadan kam raketa otganini va ularning aksariyatini «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi tutib qolganini aytdi. Reuters naşriga köra, AQŞ armiyasi ham Isroilga qarab yönalgan Eron raketalarini urib tuşirişda yordam bergan.
Hujumda bir neçta raketalar binolarga yetib keldi. Jumladan Tel-Aviv yaqinidagi Ramat Gandagi turar joy mahallasida joylaşgan köp qavatli bino va markazidagi boşqa bir binoga sezilarli zarar yetkazildi.
Ma’lumotlarga köra, hujum oqibatida kamida 41 kişi jabrlangan, ularning aksariyati yengil jarohat olgan, ikki kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Avvaliga hujum oqibatida qurbonlar yöqligi aytilgandi. Keyinroq New York Times sönggi zarbalardan keyin Tel-Aviv yaqinida zarba berilişi oqibatida bir ayol halok bölganini xabar qildi.
Kun davomida Isroil tomonidan Eronga qilingan hujumlar va Eronning javob zarbalari mintaqaviy miqyosdagi kengroq töqnaşuv xavfini oşirmoqda. Dastlab, Eron Isroilga dronlar uçirgan edi, ammo ular yöldaligidayoq — Iroq, Iordaniya va Suriya hududlarida tutib qolingandi.
Eron oliy rahnamosi Xominaiy Isroilni uruşni boşlaganlikda aybladi. Eronning yuqori martabali rasmiysi Isroilda heç bir joy xavfsiz bölmasligini va qasos oğriqli bölişini aytdi.
«Tsionistik rejim öz jinoyati oqibatlaridan jazosiz qolmaydi. Eron millati bizning javobimiz çala bölmasligiga işonçi komil bölişi kerak. Bolalarni öldiruvçi rejim uçun dözax darvozalari oçiladi», – degan Xominaiy öz murojaatida.
Eronning Isroil böylab javob zarbasi «Haqiqiy va’da-3» nomini oldi, deb xabar berdi Islom inqilobi muhofizlari korpusi. Eron qurolli kuçlari Isroil hududidagi önlab nişonlar böylab, jumladan harbiy va aviabazalarga zarbalar yölladi, deyiladi korpus bayonotida. Mazkur harbiy tuzilma vakili Eron Isroilning harbiy-sanoat obektlarini ham öqqa tutganini ma’lum qilgan. Eronning «Haqiqiy va’da» nomidagi oldingi ikki amaliyoti 2024 yilning aprel va oktabr oylarida ötkazilgan – bu amaliyotlar ham Isroilga yopirilma raketa zarbalari körinişida bölgandi.
Mavzuga oid
Ta’kidlab ötiş kerakki, Eron mintaqada deyarli yolğiz öyinçi bölib qolgan. Asad rejimining ağdarilişi, Livanda Hizbulloh va Yamanda husiylarning zaiflaşuvi Eronga mintaqadagi proksi kuçlari orqali qurol bilan javob qaytariş imkoniyatini sezilarli darajada kamaytirib yuborgan.
Eron uşbu hujumlari yadro obektlariga berilgan zarbalariga javob edi. Isroilning dastlab boşlagan hujumlari oqibatida Eronning yuqori martabali harbiylari, olimlari, şuningdek, tinç aholi vakillari halok böldi. Öldirilgan generallar orasida Qurolli Kuçlar ştab boşliği general mayor Muhammad Boğyeriy va Inqilobiy Gvardiya rahbari Husseyn Salomiy ham bor edi.
AQŞ va Isroilning reaksiyasi
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu esa bu hujumga Eronni yadroviy qurol yasaşdan töxtatiş uçun ruxsat berganini aytdi. Şuningdek, Netanyahu Tehronning zarbalari vaqtida Eron xalqini isyonga çaqirdi.
«Çiqing va ovozingizni eşittiring. Rejim hozir özining eng zaif holatida. Eron xalqi biz siz bilanmiz. Sizni deyarli 50 yildan beri zulm ostida uşlab turgan rejim hozirda Isroil davlatini yöq qiliş bilan tahdid qilmoqda», degan Isroil boş vaziri.
Eron yadroviy dasturi faqat tinç maqsadlarga qaratilganini ta’kidlab kelmoqda. BMTning yadro nazoratçisi esa bu hafta Eron global yadro tarqalmaslik şartnomasidagi majburiyatlarini buzganini xulosa qildi. Şu orada AQŞ prezidenti Donald Tramp Tehron yadroviy dastur böyiça kelişuvga erişiş orqali Isroil bombardimonini töxtatişi uçun hali ham keç emasligini aytdi.
Tramp Reutersʼga telefon orqali bergan intervyusida Tehron va AQŞ örtasida yakşanba kuni ötkazilişi rejalaştirilgan yadroviy muzokaralar hanuz kun tartibida ekani, biroq ularning röy berişiga işonçi yöqligini bildirdi.
«Biz hamma narsani bilardik. Men Eronni tahqirlaş va halokatdan saqlab qolişga harakat qildim. Men ularni juda jiddiy qutqarişga urinib kördim, çunki men kelişuvga erişilganini körişni xohlagan edim,» degan Tramp Isroilning hujumlari haqida.
«Qöşma Ştatlar dunyodagi eng kuçli va öldiruvçi harbiy uskunalarni işlab çiqaradi va bu jihatdan heç kim uning yoniga yaqinlaşa olmaydi. Men Eronga Isroilda ularning juda köpi borligini, yana köplari yölda ekanini aytdim – va ular bu uskunalardan qanday foydalanişni bilişadi.
Ayrim eronlik aşaddiylar jasorat bilan gapirişdi, ammo ular nimalar bölayotganini bilmasdi. Ularning barçasi endi ÖLDI va bu faqat yomonlaşadi! Hujumlar bundan-da şafqatsizroq bölişidan oldin, töxtatiş uçun hali vaqt bor», deb yozgan Tramp özining sahifasida.
Isroil milliy xavfsizlik maslahatçisi Tzaxi Hanegbi harbiy harakatlarning özi Eron yadroviy dasturini yöq qilolmasligini, biroq bu «AQŞ boşçiligida uzoq muddatli kelişuvga olib keluvçi şart-şaroitlarni yaratişi mumkinligini» aytgan.
Isroil xavfsizlik manbasining aytişiça, hujumdan oldin Mossad agentlari Eron hududida faoliyat yuritgan va uning strategik raketa tizimlariga qarşi bir qator maxfiy operatsiyalarni amalga oşirgan. Xususan, Isroil Tehron yaqinida hujumçi dronlar bazasini taşkil etgan hamda Eronning havo mudofaasi tizimlariga hujum qilgan. Bu xuddi ukrainlar Rossiya içidan «Pautina» operatsiyasini amalga oşirganga öxşaydi.
Yaqin Şarqda boşlangan navbatdagi keskinlik, garçi neft işlab çiqariş yoki zaxiralar zararlangani haqida heç qanday xabar bölmasa ham, qora oltinning narxini keskin oşirib yubordi.
Germaniya: NATOga yangi maqsadlar uçun 60 minggaça qöşimça askar kerak böladi
Germaniya NATOning mudofaa qobiliyatini oşiriş böyiça yangi rejalari doirasida 60 ming qöşimça askar qöşiş zarurati bilan duç kelişi mumkin, dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Bryusselda jurnalistlarga.
«Oçiğini aytganda, bu taxminiy hisob, ammo Qurolli kuçlarning hozirgi tarkibidan kelib çiqqan holda, bizga yana 50-60 ming kişi kerak bölişi mumkin», dedi u. Ta’kidlanişiça, yaqin yillarda Germaniya ham yangi harbiy xizmat modeli qançalik samarali işlaşini aniqlaşi kerak.
Şu bilan birga, Pistoriusning ta’kidlaşiça, hozirda majburiy harbiy xizmatga qaytiş tavsiya etilmaydi. «Bizda infratuzilma yetarli emas — kazarmalar, öquv markazlari yöq. Şuning uçun, birinçi navbatda, bu imkoniyatlarni kengaytiriş kerak. Ungaça tizim ixtiyoriy asosda işlaydi», — deya qöşimça qildi u.
Savollarga javob berar ekan, vazir Germaniyada uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA) işlab çiqarişni rivojlantiriş va Qurolli kuçlarni ulardan foydalanişga örgatiş rejalarini ham tasdiqladi. Bundestagning Bundesver böyiça komissari Xenning Otte Tagesspiegel gazetasiga aytişiça, qisman majburiy harbiy xizmatga ötmasdan va armiyani xizmat joyi sifatida jozibador qilmasdan turib, NATOning sezilarli darajada ortib borayotgan talablarini qondiriş qiyin.
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yöqotişlari ahamiyatsiz»
Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda haftasiga 5000 askarini yöqotmoqda, biroq bu jangni davom ettiriş niyatida bölgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’sir qilmayapti, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp. «U parvo qilmayapti. U juda köp qöşinlarini yöqotmoqda, Ukraina ham. Köramiz, keyin nima böladi», — dedi Tramp Pod Force One podkastida.
Uning sözlariga köra, Moskva va Kiyev örtasidagi töğridan töğri muzokaralar çoğida ma’lum yutuqlarga erişilgan, biroq keyin «ular bombardimon qilinmasligi kerak bölgan narsani bombardimon qilgan». Bu «özgarişlarning oxiri» edi, dedi Oq uy rahbari. Avvalroq, The Atlantic'ning Oq uydagi manbalari Tramp Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU)ning «Örgimçak töri» şifrlangan operatsiyasidan norozi ekanini ma’lum qilgandi.
Öz atrofidagilar bilan suhbatda Tramp bu mojaroning kuçayişiga olib kelişi mumkinligini va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy namoyişkorona operatsiyalar örniga Istanbuldagi Rossiya bilan muzokaralarga e’tibor qaratişi kerakligini ta’kidladi.