Yevropa Komissiyasi (YeK) suyultirilgan tabiiy gaz (STG)ni qabul qiliş uçun Yevropa terminallarini Rossiyadan mijozlarga xizmat körsatişni taqiqlaşga tayyorlanmoqda. Bu haqda 13 iyun, juma kuni keçqurun Yevrokomissiyaning içki hujjatiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Çeklov 2026 yilning 1 yanvaridan kuçga kirişi mumkin. Rossiyalik mijozlar bilan uzoq muddatli şartnomalar böyiça xizmatlarni töxtatiş muddati 2027 yilning 31 dekabriga qadar belgilandi, deyiladi 17 iyun kuni rasman e’lon qilinişi kerak bölgan hujjatda.
Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi Yevropa kompaniyalaridan 2027 yil oxirigaça bunday importni töliq taqiqlaş çoralariga tayyorgarlik doirasida Rossiya gazining xaridlari haqidagi ma’lumotlarni oşkor qilişni talab qiladi, deya qayd etadi Reuters. Hujjatning dastlabki tahririga köra, kompaniyalar bojxona organlariga «import qilingan gazning kelib çiqişi töğrisidagi hujjatlarni» taqdim etişi kerak böladi. Yevropa Ittifoqi kompaniyalari uçun joriy yil oxirigaça Rossiya eksportçilari bilan yangi bitimlar taqiqlanişi mumkin.
Yevrokomissiya vakili tayyorlanayotgan hujjat tafsilotlariga izoh berişdan boş tortdi, uning mazmuni hali özgarişi mumkin, deya qayd etadi Reuters.









