Tadbir yuqori kayfiyatda ötdi va yoşlar uçun bayramona muhit yaratildi. Qöşiqlar, ijodiy çiqişlar va interaktiv loyihalar orqali yoşlar uçun madaniy-ma’rifiy dastur taqdim etildi.

Ma’lumot uçun, “Yoşlar oyligi” joriy yilda mazmun jihatdan keng qamrovli yönalişlarni öz içiga olmoqda. Xususan, ilm-fan, sun’iy intellekt, zamonaviy kasblar, xorijiy tillarni örganiş, kitobxonlikni rağbatlantiriş va intellektual öyinlar kabi sohalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bungaça uşbu oylik doirasida bayram tadbirlari quyidagi hududlarda ötkazilgan:

- 2 iyun — Andijon viloyati;

- 3 iyun — Farğona viloyati;

- 4 iyun — Namangan viloyati;

- 7 iyun — Sirdaryo viloyati;

- 11 iyun — Xorazm viloyati;

- 12 iyun — Qoraqalpoğiston Respublikasi.

Hozirda “Yoşlar oyligi”ning barça viloyatlardagi tadbirlari davom etmoqda. Mazkur loyiha orqali yoşlar salohiyatini röyobga çiqariş, ularni zamonaviy bilim va könikmalar bilan ta’minlaş maqsad qilingan.