Uzbekistan Airways Toşkentdan Dubay va Şarm aş-Şayx yönalişlarida qatnovçi reyslar böyiça muhim axborot bilan çiqdi.

Eron havo hududidan foydalaniş böyiça joriy etilgan çeklovlar sababli Uzbekistan Airways 2025 yil 15 iyundan 30 iyungaça Toşkent–Dubay va Toşkent–Şarm aş-Şayx yönalişlaridagi reyslar jadvaliga özgartirişlar kiritadi:

HY333/334 reyslari:

  • Toşkentdan uçiş — 07:35, Dubayga yetib keliş — 11:00
  • Dubaydan uçiş — 12:30, Toşkentga yetib keliş — 17:30

HY341/342 reyslari (seşanba kunlari):

  • Toşkentdan uçiş — 08:50, Şarm aş-Şayxga yetib keliş — 13:20
  • Şarm aş-Şayxdan uçiş — 14:50, Toşkentga yetib keliş — 22:30

HY341/342 reyslari (çorşanba va yakşanba kunlari):

  • Toşkentdan uçiş — 08:35, Şarm aş-Şayxga yetib keliş — 13:05
  • Şarm aş-Şayxdan uçiş — 14:35, Toşkentga yetib keliş — 22:15

Bundan taşqari, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungaça Toşkent – Tel Aviv – Toşkent yönalişi böyiça parvozlarni töxtatişga majbur bölganini ma’lum qildi. Bu Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti yopilişi bilan boğliq.

Centrum Air Eron havo hududi yopilişi munosabati bilan Toşkent – Dubay yönalişi böyiça parvoz yönalişi özgargani haqida xabar bergan.

Qanot Sharq kompaniyasi 14 va 15 iyun kunlari Tel Avivga parvozlar bekor qilingani haqida xabar berdi, Air Samarkand 15 iyun kuni Samarqanddan Tel Avivga parvozni bekor qildi.

Uzbekistan Airports ma’lumotlariga köra, xorijiy aviakompaniyalar ham Toşkentga bir neçta reyslarni bekor qilgan: