Isroil qiruvçi samolyotlari 15 iyunga ötar keçasi Tehrondagi Şahron neft saqlaş bazasiga hamda Eron mudofaa vazirligi binosiga aviazarbalar yölladi, deb xabar bermoqda Tasnim agentligi.
Hujum nişoni mudofaa vazirligi ştab-kvartirasi bölgan. Agentlik muxbirining ma’lum qilişiça, vazirlikning ofis binolaridan biriga biroz zarar yetgan.
Bundan taşqari, Isroil hujumi oqibatida Tehronning asosiy yoqilği ombori – Şahron neft omborida yonğin sodir böldi, deb yozadi The New York Times. Guvohning naşrga aytişiça, portlaş zilzilani eslatgan.
Tasnim naşri yozişiça, neft omboriga hujum oqibatida ikkita yoqilği saqlaş rezervuari yonib ketgan. Eron neft vazirligi ma’lumotlariga köra, qutqaruvçilar yonğinni nazoratga olgan, fuqarolar uçun xavf yöq.
Şuningdek, Tehron neftni qayta işlaş zavodida ham yonğin çiqqani haqida xabarlar paydo bölgan, ammo Eron hukumati buni rad etdi.
Isroil 13 iyun kuni Eronga zarba berişni boşladi. Dastlab Isroil harbiylari Eronning yadroviy obektlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va harbiy obektlariga hujum qildi. Ammo 14 iyun kuni Isroil energetika sanoatiga hujum boşladi va Tehronning asosiy gaz omboriga zarbalar berdi.
Isroil harbiylariga köra, ikki kun içida Eronga 150 ga yaqin zarba berilgan, Eron qöşinlari esa Isroil hududiga 200 dan ortiq ballistik raketalar, şuningdek, önlab dronlar uçirgan, deb yozadi The New York Times.
Eron 13 iyun kuni Isroil zarbalari oqibatida 78 kişi halok bölganini xabar qildi, 14 iyun kuni Tehrondagi 14 qavatli turar joy binosiga raketa tuşganida kamida 60 kişi halok bölganini ma’lum qildi, deb yozadi Reuters. Isroilda Eron zarbalari oqibatida kamida 11 qurbon bor, ularning aksariyati 15 iyunga ötar keçasi berilgan zarba oqibatida halok böldi.










