Eronning 15 iyunga ötar keçasi Isroil böylab raketa zarbalari oqibatida kamida 10 kişi halok bölib, 200 dan ortiq kişi yaralangan. Bu haqda The Times of Israel naşri «Magen David Adom» qutqaruv xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.

Tel-Aviv çekkasidagi Bat-Yam şaharçasida ballistik raketa köp qavatli turar joy binosiga kelib urildi. Tarmoqlarda uyga zarba berilişi aks etgan videoyozuv paydo bölgan.

Isroil rasmiylariga köra, Bat-Yamdagi uyga berilgan zarba oqibatida olti kişi, jumladan, sakkiz yoşli qizça halok bölgan. 180 ga yaqin kişi jarohatlangan. Yetti kişi bedarak yöqolgan.

Qutqaruvçilar xarobalar ostidan omon qolganlarni qidirmoqda.

Isroil şimolidagi Tamra şahriga berilgan zarba oqibatida, rasmiylarga köra, tört kişi halok bölgan. Tamra asosan arablar yaşovçi şahar bölib, Hayfadan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Halok bölganlarning barçasi musulmon bölgan arab ayollaridir.

Mamlakatning markaziy qismidagi Rexovot şahrida Eron zarbasi oqibatida 40 kişi yaralandi, deya xabar berdi rasmiylar. Rexovotdagi Veysman ilmiy-tadqiqot instituti qoşidagi tadqiqot markazi Eron kuçlari zarbasidan jiddiy zarar kördi va yonib ketdi, deb xabar berdi The New York Times gazetasi guvohlarga tayanib.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning raketa zarbalarining sönggi tölqini paytida Isroil qiruvçi samolyotlari uçun yoqilği işlab çiqariş obektlari va Isroilning energetika ta’minoti markazlariga zarba berilgani va yöq qilinganini ma’lum qildi, deb yozadi Tasnim.

Isroil va Eron 13 iyundan boşlab bir-birining hududiga zarbalar bermoqda. Isroil harbiylari mamlakat yadro dasturini yöq qiliş maqsadida Eron hududiga hujum boşlagandi. Zarbalar oqibatida harbiylar, olimlar va tinç aholi vakillari halok bölgan. Eron ham bunga javoban Isroil hududiga zarbalar bermoqda.