AQŞ böylab minglab odamlar şanba kuni prezident Donald Tramp va uning Vaşingtonda ötkazgan harbiy paradiga qarşi norozilik namoyişlariga qöşiliş uçun köçalarga çiqdi.

Namoyişlar «No Kings» («Qirollarga yöq») deb nomlangan taşabbuskor guruh tomonidan uyuştirilgan va bu kun Trampning özi hamda uning ma’muriyati siyosatiga qarşi umummilliy norozilik kuni deb e’lon qilingan.

Nyu York, Filadelfiya, Hyuston va Amerikaning boşqa köplab yirik şaharlarida mitinglar bölib ötdi, unda mahalliy qonun çiqaruvçilar, kasaba uyuşmalari rahbarlari va fuqarolik faollari Amerika bayroqlarini hilpiratib va Trampni tanqid qiluvçi plakatlarini kötargan holda nutq sözladi.

Şanba kungi parad rasman AQŞ armiyasining 250 yilligiga bağişlandi, şu bilan birga u 79 yoşga tölgan Trampning tuğilgan kuniga töğri keldi.

AFP VIA GETTY IMAGES

Prezident harbiy parad vaqtida norozilik bildirişga uringan namoyişçilarni «juda katta kuç kutib olişi» haqida ogohlantirdi.

Ayrim siyosatçilar va sobiq harbiy rahbarlar AQŞ armiyasini xavfli siyosiylaştiriş deb hisoblagan paradni tanqid qilişdi.

Trampni tanqid qiluvçilar bu jarayonning yana bir körinişini Los-Anjyelesda sodir bölayotgan voqealar deb hisoblaşadi, u yerga Tramp öziga böysundirilgan Milliy gvardiya va hatto dengiz piyodalari korpusining fuqarolar bilan muomala qilişga örgatilmagan qismlarini kiritgan.

Bundan oldin ICE immigratsiya xizmati tomonidan muhojirlarni qölga olişga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötgandi.

Namoyişlar asosan tinç ötdi, ammo ba’zilari ommaviy tartibsizliklarga aylanib, bir neçta maşinalarga öt qöyildi. Mahalliy rasmiylar vaziyatni öz kuçlari bilan nazorat qilişlarini va ularga na Milliy gvardiya, na federal qöşinlar kerakligini ta’kidlamoqda.

«Qirolga yöq»

«No Kings» taşabbuskor guruhi Tramp heç kimga hisob bermaydigan, qonunni mensimaydigan avtokrat sifatida hukmronlik qilişga intilmoqda deb hisoblaydi.