Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Daniya boş vaziri Mette Frederiksen 15 iyun, yakşanba kuni Daniya avtonom viloyatining poytaxti Nuuk şahriga qöşma taşrifi çoğida Grenlandiya xalqi bilan birdamlik va uning suverenitetiga sodiq ekanini bildirdi.
«Avvalo, men Daniya, Grenlandiya va grenland xalqiga Yevropa birdamligi va Fransiyaning qöllab-quvvatlaş xabarini yetkazmoqçiman», — deya Makron sözlarini keltiradi dpa. Fransiya rahbari şunday davom etdi: «Fransiyada va Yevropa Ittifoqida hamma Grenlandiyani sotib oliş yoki oddiygina tortib oliş mumkin emas deb hisoblaydi».
Mette Frederiksenning aytişiça, Makronning Grenlandiyaga taşrifi Yevropa birligi va har bir davlatning demokratiya, erkinlik va hududiy yaxlitligi hamda öz taqdirini özi belgilaş huquqini himoya qilişdagi qat’iyati körsatkiçidir. Uning qöşimça qilişiça, «NATO böyiça yaxşi ittifoqçilar» bilan birgalikda mintaqada xavfsizlikni ta’minlaş uçun katta mas’uliyatni öz zimmasiga olişga tayyor. Kopenhagen, uning sözlariga köra, Arktikada xavfsizlikni ta’minlaş uçun Qöşma Ştatlar bilan hamkorlik qilişga tayyor, biroq bu «hamkorlik, albatta, hurmat asosida amalga oşirilişi kerak».
Donald Tramp ikkinçi prezidentlik muddati boşida bildirgan Grenlandiyani AQŞga qöşib oliş istagi haqidagi bayonotlar fonida Makron şu kunlarda Kanadada bölib ötayotgan «Yettilik guruhi» sammiti çoğida Amerika yetakçisi bilan muzokaralar olib bormoqçi ekanini aytdi. «Men optimistman, çunki provokatsiya va qarama-qarşiliklarga emas, balki hamkorlikka asoslangan yaxşiroq kelajakni quriş yöli borligiga işonaman», — deya xulosa qildi Fransiya prezidenti.









