Manbaning sözlariga köra, Eron rasmiylari Qatar va Ummon vositaçilarini mamlakat Isroilga qarşi javob amaliyotini töliq yakunlagunça heç qanday muzokaralarga kirişmasligini bildirgan.
«Eronliklar Qatar va Ummon vositaçilariga şunçaki ma’lumot berib qöydi: ular jiddiy muzokaralarni faqat Isroilning profilaktik hujumlariga javob berilgandan keyin boşlaşlari mumkin», — degan manba.
Juma kuni ertalab Isroil Eronga qarşi hujum boşlab, unda Eron harbiy qömondonligidagi yuqori martabali şaxslar yöq qilingani va yadroviy obektlariga zarar yetkazilgani aytilgan.
Eron esa uşbu hujumlarga javoban “dözax eşiklarini oçiş” bilan tahdid qilgan.










