Rasmiy ma’lumotlarga köra, Isroil zarbalari boşlanganidan (13 iyun) buyon ötgan vaqt içida 1277 nafar kişi şifoxonalarga yotqizilgan. Ularning 90 foizdan ortiği tinç aholi vakillari ekani ta’kidlanmoqda.
SSV vakilining sözlariga köra, halok bölganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Ma’lumot uçun, 2025 yil 13 iyundan beri Isroil va Eron örtasida özaro raketa va havo hujumlari davom etmoqda. Isroil hukumati Eronni yadroviy qurol yaratiş arafasida turibdi, deb ayblab, harbiy operatsiya boşlanganini e’lon qilgan.
Tehron esa bu da’volarni rad etgan holda, Isroil hududlariga raketalar bilan javob berdi. Ikki tomon örtasidagi keskinlik nafaqat harbiy obektlarga, balki tinç aholi yaşaydigan hududlarga ham ta’sir körsatmoqda.
Şuning natijasida Eronda halok bölayotgan fuqarolar soni ortib bormoqda — sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, qurbonlar soni 224 nafarga yetdi. Hujumlar natijasida ayollar va bolalar ham halok bölgan.










