Eron Seysmologiya markazi Fordo yadroviy markazi yaqinida magnitudasi 2,5 bölgan zilzilani qayd etgan. Ma’lumotlarga köra, zilzilaning episentri yer ostida 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan.

Fordo yadroviy markazi joylaşgan koordinatalar bilan zilzila qayd etilgan nuqta örtasidagi masofa taxminan 25 kilometrni taşkil qiladi. Hozirça bu zilzilaning yadroviy obekt bilan boğliqligi töğrisida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda Isroil uşbu markazga kamida bir marta — 13 iyun kuni — havo hujumi uyuştirgan. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning ma’lum qilişiça, hujumdan obektga şikast yetmagan.

Şu bilan birga, Axios portali tarqatgan ma’lumotga köra, Isroil AQŞdan Fordo markazini yöq qiliş uçun yordam söragan. Agar obekt faoliyatni davom ettirsa, bu Isroilning Eron yadroviy dasturini töxtatiş böyiça maqsadlariga tösqinlik qilişi mumkin.

Ma’lumot uçun, Fordo yadroviy markazi Eron toğli hududida, yer ostida joylaşgan va uranni boyitiş işlari olib boriladigan majmua hisoblanadi. Mutaxassislar bu inşootni yuqori darajada himoyalangan deb baholaşadi.