Şavkat Mirziyoyev oziq-ovqatni köpaytirişda eng katta zaxira bölgan 16 million gektar yaylov va 12 million gektar örmon yerlaridan yetarliça foydalanilmayotganini tanqid qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayt etilişiça, meva-sabzavot yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaşga zamonaviy agrotexnologiya olib kiriş, eksportni köpaytiriş uçun 16 ta tumanda «Agrostar» kompaniyasi taşkil etilib, 300 milliard söm berilgan. Banklar ham ularga 10 million dollardan resurs ajratişni boşladi.

Lekin bu tumanlarning 5 tasida meva-sabzavot eksporti köpayiş örniga, ötgan yilgidan kamaygan. Barça masalalar resurs bilan hal qilib berilgan bölsa, «Agrostar» kompaniyalari qaçon natija berişni boşlaydi, deya savol qöydi prezident.

Hokimlardan oziq-ovqat va eksportni köpaytiriş talab qilinmoqda. Lekin tumanlar hududining katta qismini taşkil qiladigan örmon va yaylov yerlari respublika taşkilotlariga berilgan. Tuman hokimining vakolati bölmagani uçun daraxt bilan qoplanmagan örmon hududlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetiştira olmaydi.

Umuman, oziq-ovqatni köpaytirişda eng katta zaxira bölgan 16 million gektar yaylov va 12 million gektar örmon yerlaridan yetarliça foydalanilmayotgani körsatib ötildi.

«Şunça resurs bilan göştga bölgan içki ehtiyojni töliq qoplab, eksportga ham çiqsak böladi-ku!» – dedi davlat rahbari.

Boş vazirga bu masalani nazoratga olib, bir oyda örmon va yaylov yerlarining qançasini aholiga oziq-ovqat, ozuqa uçun bölib berişini hisob-kitob qiliş hamda yerlarni auksionga çiqariş topşirildi. Şuningdek, yaylov va örmon yerlarini olayotgan fermer va çorvadorlarning aylanma mablağini ham hal qilib beriş vazifasi qöyildi.